Fikayo Tomori «Milan» rejalaridan chiqarib tashlandi
Fikayo Tomori «Milan»ning kelgusi rejalaridan chiqarib tashlandi. Himoyachi yangi klub izlashi kerak.
🚨 Fikayo Tomori «Milan»ning kelgusi rejalaridan deyarli chiqarib tashlandi. Himoyachi jamoa bilan «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yin uchun Polshaga yo'l olmaydi. Bunga sabab — transfer masalalari.
Amorim futbolchi bilan suhbatlashib, unga ishonch bildirmasligini ma'lum qilgan. Endi Tomorida yangi klub topish uchun taxminan 20 kun vaqt bor.
🔴 «Milan» uni 10–15 million yevroga baholamoqda
🔴 Shartnoma kelasi yozda yakuniga yetadi
🔴 APL klublari va «Yuventus» futbolchiga qiziqish bildirmoqda
🔴 Amorim himoya chizig'ida Gila, De Vinter, Gabbiya va Pavlovichga ishonch bildirmoqda
Qizig'i shundaki, bir yarim yil avval Tomori «Yuventus» va «Tottenxem»dan tushgan takliflarni rad etib, «Milan»da qolishni tanlagandi. Endi esa vaziyat o'zgardi. Ko'rinishidan, bu safar qaror Fikayoning o'ziga bog'liq emas. 👀