Milan Givayro Ridga qiziqish bildirmoqda
MilanAC ↗ ●●●●○ Transfer 👁 27

Milan Givayro Ridga qiziqish bildirmoqda

«Rossoneri» qishdayoq o'ng qanot himoyasini kuchaytirish ustida ish boshlashi mumkin. Klub nishoniga «Feyenoord»ning 20 yoshli himoyachisi Givayro Rid tushdi.

👀 Aynan u «Milan»ga qarshi o'yinda Rafael Leauni to'xtatib qolgani bilan italiyalik muxlislar yodida qolgan. O'sha bahsda uning jamoasi «rossoneri»ni yevrokuboklardan chiqarib yuborgandi.

Ridga avvalroq «Roma» va «Inter» qiziqish bildirgan, ammo hozirda asosiy da'vogar sifatida «Milan» tilga olinmoqda.

⚽ Amorim ushbu pozitsiyani kuchaytirmoqchi. O'ng qanot himoyasida o'ynatilgan Fikayo Tomori 2027/28-yilgi mavsumgacha klubni tark etishi mumkin.

💰 Muammo — narxda: «Feyenoord» kamida 30 million yevro talab qilishi mumkin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!