🚨 Nikolo Skira xabariga ko'ra, ingliz himoyachisi xorij klublaridan tushgan uchta taklifni rad etgan va kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomasining so'nggi yilini «rossonerilar» safida o'tkazishga tayyor. 😮
Ma'lum qilinishicha, Tomori maydonga muntazam tusha olmasa ham, Milanda qolishni afzal ko'rmoqda.
Shu bilan birga, vaziyat ancha qarama-qarshi ko'rinmoqda: 🤔 «Milan» hamon yangi markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda, bu esa himoyadagi raqobat yanada kuchayishini anglatadi.
Ko'rinib turibdiki, Tomori o'z o'rni uchun oxirigacha kurashishga tayyor... yoki shunchaki klubni tark etishni istamayaptimi? 👀
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!