Matteo Gabbiya «Yuventus»ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi
Matteo Gabbiya to'pig'idagi jarohat sabab «Yuventus»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Himoyachi «Latsio» bilan bahsda safga qaytishi kutilmoqda.
🚨 Matteo Gabbiyada to'piq qismida yallig'lanish kuzatilmoqda 🩹
Himoyachi davolanishni davom ettirmoqda, uning holati esa kun sayin baholab borilmoqda.
🎯 Maqsad — kelasi haftada safga qaytish va Rimda «Latsio»ga qarshi o'yinga ulgurish.
Ammo «Yuventus» bilan bahsda Amorim Gabbiyasiz o'ynashiga to'g'ri keladi.