🚨 Matteo Gabbia operatsiyadan qochishi mumkin!
«Milan» himoyachisi «Sassuolo»ga qarshi o‘yinda chap sonining bukiluvchi mushagi jarohatini oldi, shuningdek, pay qismida qisman shikastlanish kuzatilgan. Endi u operatsiya yoki konservativ davolanish usullaridan birini tanlashi kerak.
🏥 MilanNews xabariga ko‘ra, futbolchi allaqachon mutaxassis bilan maslahatlashgan, navbatdagi uchrashuv esa kelasi haftaga rejalashtirilgan. Aynan o‘sha vaqtda Gabbia «rossoneri» tibbiy shtabi bilan birgalikda yakuniy qarorni qabul qilishi kerak.
🔴⚫ Hozircha operatsiyasiz davolanish varianti haqiqatga yaqinroq ko‘rinmoqda, ammo vaziyat maslahatlashuvdan so‘ng oydinlashadi.
Qanday deb o‘ylaysiz, agar shifokorlar konservativ davolanishni imkonli deb topsalar, Gabbia jarrohlik aralashuvidan qochgani ma’qulmi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!