🚨 «Milan» himoyachisi Matteo Gabbia bugungi mashg'ulotlarda to'pig'ida noqulaylik his qildi. Tibbiyot shtabi allaqachon kerakli muolajalarni o'tkazdi.
😬 Eng yomoni shundaki, bu aynan o'sha to'piq, shu sababli Gabbia avvalroq Vrotslavda «Manchester Yunayted»ga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yuborgandi.
Endi futbolchi ertangi dam olish kunidan tiklanish uchun foydalanadi va yakshanba kuni bo'lib o'tadigan «Yuventus» — «Milan» uchrashuvidan oldin mashg'ulotlarga qaytishga harakat qiladi.
⏳ Hozircha Gabbianing o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.
Umid qilamizki, jiddiy narsa yo'q va Matteo tiklanishga ulguradi! 🙏
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!