🚨 "Milan"dan xavotirli xabarlar: Matteo Gabbiya 3–4 oyga safdan chiqishi mumkin!
Himoyachi Ruben Amorim qo'l ostida "Sassuolo"ga qarshi o'yinda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo atigi 20 daqiqa harakat qildi. Chap oyog'idagi son mushaklarining jarohati tufayli Gabbiya o'yinni davom ettira olmadi va maydonni zambilda tark etdi. Uni stadiondan hassa yordamida olib ketishdi.
🩺 Bugun futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko'ra, agar pay qismi shikastlangan bo'lsa, jarrohlik amaliyoti talab etilishi va tiklanish jarayoni uch-to'rt oy davom etishi mumkin.
Amorim Gabbiyani jamoaning eng muhim o'yinchisi deb atadi va himoyachi qanchalik kuchli og'riqni his qilganini ko'rganini tan oldi.
❤️🖤 Gabbiyaning uzoq muddatga safdan chiqishi "Milan" uchun qanchalik jiddiy yo'qotish bo'ladi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!