Alessandro Kostakurta «Inter»ning Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Alessandro Kostakurta: «Inter» kuchli, ammo Chempionlar ligasida, mening nazarimda, undan kuchliroq 5–6 ta jamoa bor: «Real», «Barselona», «Bavariya», «PSJ», «Arsenal». Bu ular musobaqada uzoqqa bora olmaydi degani emas, lekin o'sha jamoalar kuchliroq».
Alessandro Kostakurta "Milan" sardori Mayk Menyan haqida keskin fikr bildirdi va sardorlik bog'ichini boshqa futbolchilarga berishni taklif qildi.
Alessandro Kostakurta o'z fikrini ochiq-oydin bayon qildi:
Menyandan sardorlik bog'ichini tortib olib, uni Gabbia yoki Modrichga bergan bo'lardim. Shubhasiz. Ular jamoa uchun ancha yaxshi namuna bo'la oladi.
Asosiy e'tiroz intizom bilan bog'liq. Kostakurtaning fikricha, sardor butun jamoaga standartlarni belgilab berishi kerak, o'tgan mavsumdagi ko'plab kechikishlar esa bunga mos emas.
❌ Menyan — sardorlikka loyiq emas ✅ Gabbia ✅ Modrich
Shu bilan birga, Mayk yaqinda uzaytirilgan ta'til tufayli tanqidlar markazida qolgandi.
Alessandro Kostakurta Strahinya Pavlovichning o'yin uslubi va uning «Milan» uchun ahamiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🔴 Alessandro Kostakurta kutilmaganda Pavlovichni Barezi bilan solishtirdi
Alessandro Kostakurtadan u va Strahinya Pavlovich o'rtasida qanday o'xshashlik borligi haqida so'rashdi.
💬 «Bizda umumiy narsalar kam. Pavlovichda kishini hayratda qoldiradigan kuch va tajovuzkorlik bor. Ba'zida sizni uyg'otib yuboradigan shunday o'yinchi kerak bo'ladi».
Shundan so'ng Kostakurta Franko Barezini esladi:
💬 «Barezi bu borada aqlbovar qilmas darajada edi. U to'p bilan harakatlanganda jamoaga juda katta energiya bag'ishlardi».
🔥 Pavlovich uslub jihatidan Barezi emas. Ammo uning tajovuzkorligi, kuchi va xarakteri yangi «Milan»ning muhim qismiga aylanmoqda.
Pavlovich allaqachon «rossoneri» himoyasining yetakchilaridan biri maqomiga loyiqmi? 👀