#Franko Baresi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Milan Franco Baresi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Milan Franco Baresi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Milan klubi o'z afsonasi Franko Baresi haqida tarqalgan yolg'on xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

Milan klubi o'z afsonasi Franko Baresi haqida tarqalgan yolg'on xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

So'nggi soatlarda tarmoqda rossonerilar afsonasi haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan xabarlar tarqala boshladi.

🔴 Klub ushbu nashrlar haqiqatga zid ekanligini rasman ma'lum qildi.

Shu bilan birga, Milan Franko Baresi hozirda qiyin davrni boshdan kechirayotganini tasdiqladi va klub unga hamda uning oilasiga to'liq dalda berishini bildirdi.

❤️ Rossonerilar barchadan Baresining shaxsiy hayotiga bo'lgan huquqini hurmat qilishni va tekshirilmagan mish-mishlarni tarqatmaslikni so'radi.

Frankoga kuch-quvvat va ushbu qiyin damlarni tezroq yengib o'tishini tilab qolamiz. ❤️

O'ng ustun yangiliklari

Franko Barezi murali vandallar tomonidan buzib ketildi

Franko Barezi murali vandallar tomonidan buzib ketildi

«Milan» afsonasi Franko Barezining Casa Milan yonidagi murali noma’lum shaxslar tomonidan qizil bo‘yoq bilan bo‘yab ketildi. Klub voqeani o‘rganmoqda.

😡 Casa Milan yonidagi Franko Barezi murallari vandallar hujumiga uchradi.

«Milan» afsonaviy sardoriga bag‘ishlangan muralni noma’lum shaxslar qizil bo‘yoq bilan bo‘yab tashlashdi.

❌ Barezi yuzi bo‘yalgan
❌ Futbolkadagi «Cuore» logotipi yashirilgan
❌ Muallif imzosi o‘chirilgan
❌ «You'll never walk alone» yozuvi olib tashlangan

Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta g‘azabni keltirib chiqardi — nafaqat milanistlar orasida. 🔴⚫

«Milan» allaqachon aybdorlarni qidirishni boshladi. Tergovda Casa Milan yaqinida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari muhim rol o‘ynashi mumkin. 🎥

Umid qilamizki, aybdorlar tez orada topiladi.

Barezi muraliga qo‘l ko‘tarishga qanday vijdon yo‘l qo‘ydi? 😡

Gianni Rivera «Milan» rahbariyatini tanqid qildi

Gianni Rivera «Milan» rahbariyatini tanqid qildi

Gianni Rivera 125 yillik yubileyga taklif qilinmagani uchun «Milan» rahbariyatini keskin tanqid qildi.

Gianni Rivera «Milan»ning hozirgi holati haqida keskin fikrlar bildirdi.

Afsonaviy «Oltin bola» hozir 83 yoshda va u amerikalik egalari kelganidan keyin klubni kuzatishni ancha kamaytirganini tan oldi.

Ammo Riverani bir holat ayniqsa ranjitdi 👀

«Milan»ning 125 yilligini nishonlash marosimiga Barezi, van Basten, Gullit va boshqa afsonalar taklif qilindi.

❌ Ammo Rivera taklif qilinmadi.

Janni shunday dedi:

🗣️ «Ular muhim sanani nishonlashdi va meni taklif qilishni unutishdi, chunki ular futbol haqida kam ma'lumotga ega».

Klub afsonalari Rivera, Barezi, Maldini, Totti va Matsola kabi insonlar Italiya futboliga qaytadimi, degan savolga esa u yanada keskin javob berdi:

🗣️ «Futbol bizning modellarimizga qaytmaguncha, hammasi shunday bo'lib qoladi».

O'zi «Milan» tarixining bir qismi bo'lgan insondan juda kuchli so'zlar ❤️🖤