Filippo Inzagi «Milan» afsonaviy sardori xotirasiga hurmat bajo keltirdi. ❤️🌹
«Palermo» bilan Avstraliyaga safar qilgani sababli «Milan» afsonasining dafn marosimiga bora olmagan Inzagi, yetib kelishi bilanoq Pertdagi Franko Barezi murali oldiga bordi.
U «Palermo» sardori Mattia Bani bilan birgalikda «rossoneri» afsonasi tasviri oldiga gulchambar qo'ydi va uning xotirasini yod etdi.
Inzagi avvalroq Bareziga qarshi o'tkazgan ilk o'yinini hech qachon unutmasligini aytib bergandi: o'yindan so'ng yosh Inzagi kumiridan futbolkasini so'ragan, javoban esa: «Senikini ham olsam bo'ladimi?» degan so'zlarni eshitgan. ❤️🖤
Bunday lahzalar Franko Barezi nima uchun nafaqat buyuk futbolchi, balki hamma hurmat qilgan inson bo'lib qolishini eslatib turadi.
🙏 Ciao, Capitano. Per sempre numero 6. ❤️🖤
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!