Olivye Jiru faoliyatini yakunlamoqchi
Sobiq "Milan" hujumchisi Olivye Jiru joriy mavsum faoliyatidagi oxirgisi bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi.
Olivye Jiru futbolchilik faoliyatini yakunlashga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Sobiq "Milan" hujumchisi L'Équipe nashriga bergan intervyusida joriy mavsum "Lill" safidagi faoliyati katta ehtimol bilan uning uchun oxirgisi bo'lishini tan oldi:
O'ylaymanki, katta ehtimol bilan bu mening oxirgi mavsumim. Shu bois har bir lahzadan zavq olyapman.
Jiru "Milan"ga 2021-yil yozida 34 yoshida kelib qo'shilgan va uch mavsum davomida 132 ta o'yinda 49 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. 🔴⚫
Eng muhimi — u "rossoneri"ga 2021/22-yilgi mavsumda Skudettoni yutishda yordam berdi 🏆
"Milan" muxlislari uchun fransiyalik futbolchi aynan Filippo Indzagi davridan keyin to'qqizinchi raqamga o'ziga xos maqomni qaytargani uchun ham alohida qadrli bo'lib qoldi.
Yosh o'tib borayotgani faoliyati yakuniga yetayotganini ko'rsatmoqda, ammo Jiru hamon futboldan zavq olishda davom etmoqda. ❤️
Jiruning "Milan" libosidagi qaysi lahzasi sizning yodingizda ko'proq qolgan?