#L’Équipe — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Michael Olise Nike bilan shartnoma imzolashga yaqin

Michael Olise Nike bilan shartnoma imzolashga yaqin

Nike kompaniyasi Maykl Olise bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Futbolchi hozircha faqat o'ziga mos keladigan brendlar bilan hamkorlik qilishni istamoqda.

🚨 Nike Maykl Olise bilan shartnoma imzolashga yaqinlashmoqda va shu tariqa futbolchining ilk rasmiy butsa homiysiga aylanadi.

⚠️ Olise so'nggi bir necha yil davomida hech qanday to'lov evaziga emas, shunchaki o'ziga yoqqan model bo'lgani uchun Nike butsasida o'ynab kelgan. Adidas va On kompaniyalari Olise bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirgan, ammo Kilian Mbappe bilan xayrlashgan va yangi superyulduzga sarmoya kiritish uchun mablag'ga ega bo'lgan Nike, Oliseni o'zining navbatdagi shov-shuvli transferi sifatida qo'lga kiritishga qat'iy qaror qilgan.

🔖 Boshqa brendlar ham Olisedan ko'z uzmayapti. Futbolchiga yaqin manbalarning ta'kidlashicha, u doimiy ravishda turli sohalardan — moda, poyabzal, esdalik sovg'alari va boshqa ko'plab yo'nalishlardan takliflar olib turadi. Biroq ular shuni ta'kidlashadi:

«Maykl diqqatini futbolga qaratishni afzal ko'radi va faqat o'ziga mukammal mos keladi deb hisoblagan taqdirdagina brend bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko'rib chiqadi».

📰 L’Équipe

Brest 2:0 Lyon: L'Equipe o'yinchilarga baho berdi

Brest 2:0 Lyon: L'Equipe o'yinchilarga baho berdi

Brest 2:0 Lyon hisobida yakunlangan bahsdan so'ng, L'Equipe nashri o'yinchilarning ko'rsatgan o'yiniga baho berdi.

Uchrashuv yakunlandi. «Lion» futbolchilari safarda «Brest»ga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

L'Equipe nashri o'yin uchun futbolchilarga qo'ygan baholar bilan tanishing.

Geoffrey Kondogbia muxlis bilan tortishib qoldi

Geoffrey Kondogbia muxlis bilan tortishib qoldi

Marseille yarim himoyachisi Geoffrey Kondogbia o'yin oldidan muxlis bilan tortishib qoldi. Voqea tafsilotlari L'Equipe nashrida.

Kecha o'yin boshlanishidan oldin Kondogbia muxlislardan biri bilan tortishib qoldi. L'Equipe quyidagilarni yozmoqda:

O'yin oldidan qizg'in mashg'ulotlar chog'ida yarim himoyachining ustidan tomoshabinlardan biri kuldi. Shundan so'ng futbolchi jamoadoshlari va murabbiylar shtabi vakillari qurshovida tribunalar ostiga yaqinlashdi. "Odamlarni hurmat qil", — dedi birinchi bo'lib Kondogbia. U bu gapni qoshlarini chimirib, jahli chiqqan holda bir necha bor takrorladi. "Men seni haqorat qilmadim, shunchaki yomon o'ynayapsan dedim", — deb javob qaytardi muxlis. Keyinroq yarim himoyachini Mumbanya, Garsiya va Mope olib ketishdi, ular futbolchini tinchlantirib, mashg'ulotga qaytarishga urinishdi. Asabiy holatda bo'lgan Kondogbia baribir o'zini bosa olmadi: "O'sha yerda qol, o'sha yerda qol", — deya qo'shimcha qildi u.

Patris Evra yonida bo'lganida edi... Nimalar bo'lardi-ya.😁

Patrik Zabi «Parij» FKda o'z imkoniyatini kutmoqda

Patrik Zabi «Parij» FKda o'z imkoniyatini kutmoqda

«Parij» FKning yosh iqtidorli futbolchisi Patrik Zabi mashg'ulotlardagi o'yini bilan murabbiylar shtabini hayratda qoldirdi.

L’Équipe xabariga ko'ra, 25 million yevro evaziga «Reyms»dan transfer qilingan 20 yoshli Patrik Zabi «Parij» FK tarkibida hali biror marta asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosi hozirgacha atigi 42 daqiqa o'ynagan bo'lsa-da, u klub loyihasidagi asosiy umidlaridan biri sanaladi.

L’Équipe ma'lumotiga ko'ra, shu hafta Zabi mashg'ulotlardagi «8 ga 8» formatidagi o'yinda murabbiylar shtabi va jamoadoshlarini hayratda qoldirdi. Ba'zi kuzatuvchilar uning o'yinini «ajoyib» deb ta'riflashdi, hatto mashg'ulotdan keyin ham kiyim almashtirish xonasida u haqida gap-so'zlar tinmagan.

Ivuarlik yarim himoyachi klub ichida katta hurmatga ega. Xususan, uni sport direktori Marko Neppe qo'llab-quvvatlaydi, aynan u Arno oilasini futbolchining iqtidoriga sarmoya kiritishga ko'ndirgan edi. Futbolchining yaqinlari o'yin amaliyoti kamligidan xavotirda emas.

Liam Rosenior hozircha futbolchiga bosim o'tkazmaslikni afzal ko'rmoqda, garchi uning mahoratiga shubha qilmasa ham. Aytish joizki, «Nitssa»ga qarshi bahsda (3:0) Zabi zaxiradan maydonga tushib, qanotda yorqin harakat qildi va Vensan Markettiga golli uzatma berdi.

«Parij» FK kelajakka tikish qilmoqda va nafaqat Patrik Zabi, balki 18 yoshli Rudi Matondoga ham ishonch bildirmoqda. Klub ushbu ikki yosh iqtidorning rivojlanishini har tomonlama qo'llab-quvvatlash niyatida.

O'ng ustun yangiliklari

Monako Paris Brunner bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Monako Paris Brunner bilan shartnomani uzaytirmoqchi

L'Equipe xabariga ko'ra, Monako Paris Brunner bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi. Klub hujum chizig'ida o'zgarishlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.

L'Equipe xabariga ko'ra, Monako Paris Brunner bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi.

Monegasklar hozirda 2028-yil iyunigacha mo'ljallangan nemis hujumchisi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.

Shu bilan birga, klub hujum chizig'ida qayta qurish ishlariga tayyorgarlik ko'rmoqda: atigi 23 yoshda bo'lgan Mika Biret qishda jamoani tark etishi kerak (o'tganidan ikki yil o'tib). Shuningdek, Folarin Balogun ketishi ham kutilmoqda.

Maoshlar bo'yicha xarajatlarni ushlab turish uchun klub futbolchilar bilan ayrim imzo bonuslarini to'lashni 2027-yil fevral-mart oylariga ko'chirish bo'yicha kelishib oldi. Ushbu bonuslar allaqachon bir necha yilga taqsimlangan.

Folarin Balogun UEFA Konferensiyalar ligasi qaydnomasiga kiritildi

Folarin Balogun UEFA Konferensiyalar ligasi qaydnomasiga kiritildi

Folarin Balogun UEFA Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichi uchun «Monako» qaydnomasiga kiritildi. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

⚡️ Folarin Balogun «Monako»ning UEFA Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichi uchun qaydnomasida Ansu Fatini almashtiradi. - L'Equipe

Dmitriy Ribolovlev «Monako»ni sotishdan voz kechdi

Dmitriy Ribolovlev «Monako»ni sotishdan voz kechdi

Dmitriy Ribolovlev «Monako»ni sotishdan voz kechdi. Klub moliyaviy barqarorlik uchun har yozda futbolchi sotishda davom etadi.

❌ «Monako» sotilmaydi. Hozircha. — L’Équipe

Dmitriy Ribolovlev 2024-yilda klubni sotish masalasini o'rganib chiqqandi: yigirmaga yaqin investor 300 million yevrodan ortiq mablag' evaziga bir nechta takliflar bilan chiqdi. Ularning barchasiga rad javobi berildi.

2025-yil boshidan buyon bu ish muzlatib qo'yildi. Ammo Ribolovlev 3 yil davomida klubga shaxsiy mablag'larini kiritmadi. Shu sababli, «Monako» o'z hisob-kitoblarini muvozanatlash uchun har yozda 100 million yevrodan ortiq summaga futbolchilar sotishi va ish haqi fondini qisqartirishi kerak.