L'Equipe: «Lion» 2010-yilgi avlodning asosiy umidi bilan intizomiy sabablarga ko'ra xayrlashmoqchi.
Bu «Lion» rahbariyati oldini olishni istagan vaziyat, biroq endi ularda deyarli tanlov qolmadi.
Bir necha bor ogohlantirishlar va mashg'ulotlardan vaqtincha chetlatishdan so'ng, klub 2010-yilgi avlodning asosiy umidi va o'z pozitsiyasidagi eng istiqbolli yevropalik futbolchilardan biri bo'lgan Boyan Zekovich bilan xayrlashishga qaror qildi.
16 yoshli markaziy hujumchi bir necha bor intizomni buzgan, bu esa klubni futbolchi bilan munosabatlarni bekor qilish jarayonini boshlashga majbur qildi.
Jurnalistlar bog'langan «Lion» rahbariyati ularning so'roviga javob bermadi.
Zekovich Fransiya U-17 terma jamoasi safida to'p suradi. Serb millatiga mansub yosh futbolchi allaqachon yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va jismonan yetuk hujumchi hisoblanadi (bo'yi — 1,87 m). Klub unga juda katta umidlar bog'lagandi.
«Lion» futbolchini shartnomadan rasman ozod qilganidan so'ng, u faoliyatini «Monako»da davom ettirishi mumkin.
Monegasklar futbolchini diqqat bilan kuzatib borishmoqda va bir necha oydan beri uni o'z safiga qo'shib olishga urinishmoqda.
Endi «Monako» muzokaralarni oxirigacha yetkazishni xohlarmikin, degan savol ochiq qolmoqda. Biroq, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan obro'-e'tibor bilan bog'liq oqibatlar tufayli klubda so'nggi bir necha soat ichida vaziyatni yanada chuqurroq o'ylab ko'rishni boshlashdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!