Fransiyaning L’Equipe nashri Barkolya haqidagi yangi maqolasida shunday yozadi: «U o'zini to'liq ko'rsatishi uchun ideal muhitga tushib qoldi»:
🛑 Barkolya «Liverpul»ga o'tishni orzu qilgan. U «PSJ» tarkibida «Enfild»ga tashrif buyurgan vaqtlaridayoq stadion muhitiga oshiq bo'lib qolgan.
U o'z yaqinlariga agar qachondir Parijni tark etsa, buni faqat «Liverpul» uchun qilishini aytgan;
🛑 Shu bilan birga, Barkolya Premer-liga intensivligidan hayratda qolgan. U shaxsiy suhbatlarda bunchalik ko'p yugurish va himoyadagi ishlarni kutmaganini tan olgan.
Dastlabki bir nechta o'yindan so'ng u faoliyatida ilgari hech qachon his qilmagan darajadagi mushak og'riqlarini boshdan kechirgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!