#Bradley Barkolya — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Bradley Barkolya transferi tafsilotlari: Liverpool qanday qilib fransiyalik vingerga ega chiqdi?

Bradley Barkolya transferi tafsilotlari: Liverpool qanday qilib fransiyalik vingerga ega chiqdi?

Jeyms Pirs Bradley Barkolya transferi bo'yicha tafsilotlarni oshkor qildi. Liverpool fransiyalik vinger uchun qancha to'lagani va muzokaralar qanday o'tgani haqida.

Jeyms Pirs Bradley Barkolya transferi bo'yicha insaydlarni bo'lishdi.

🛑 2023-yil yozida Bradley Barkolya nomi ilk bor Liverpool rahbarlari o'rtasidagi muhokamalarda muntazam paydo bo'la boshladi. Liverpool Arabiston klublari qiziqish bildirgan Saloh o'rniga potensial nomzodlarni baholayotgan edi.

🛑 O'sha yozda klubning asosiy maqsadi Salohni saqlab qolish edi va bu vazifa uddalandi. Al-Ittihod transfer oynasining so'nggi kunlarida misrlik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 150 million funt sterling taklif qildi, ammo prezident Mayk Gordon bu taklifni darhol rad etdi.

🛑 2025-yil yozida Barkolya Liverpool'ning qanot hujumchilari bo'yicha ustuvor ro'yxatiga Malik Fofana, Rodrigo, Antuan Semenyo va Entoni Gordon qatorida kiritilgandi. Muammo faqat bitta edi: Barkolya sotuvda yo'q edi.

Bradley, agar ta'bir joiz bo'lsa, biz uchun deyarli amalga oshmas orzu edi, garchi bu variantni butunlay istisno qilmagan bo'lsak-da.

Klubdagi yuqori martabali manbalardan biri anonimlik sharti bilan shunday dedi.

🛑 2025-yil dekabrida Salohning Arne Slot tomonidan zaxirada qoldirilishiga bildirgan keskin munosabatidan so'ng klub bozorni qaytadan ko'rib chiqdi.

Salohning samaradorligi pasayishi fonida, keyingi yozda tomonlar xayrlashishi deyarli aniq bo'lib qoldi. Aynan Barkolya klub ichida afsonaviy futbolchining haqiqiy o'rinbosari sifatida ko'rilgan edi.

🛑 Munyos RB Leyptsig'dan Diomande bo'yicha muzokaralar to'xtab qolgani sababli Osasunadan sotib olindi.

🛑 Iraola Barkolya bilan ilk bor gaplashganda, fransiyalik futbolchi aynan Enfildga o'tishni istayotganini aniq tushuntirdi. Bu Liverpool'ga ishonch bag'ishladi va bitim bo'yicha faolroq harakat qilishga imkon berdi.

O'yinchi atrofidagilar bilan muzokaralar shaxsiy shartlar muammo bo'lmasligini ko'rsatdi. Asosiy to'siq PSG'ning bahosi edi – shartnomasi tugashiga ikki yil qolgan futbolchi uchun taxminan 145 million funt sterling.

Faqat avgust oyi oxirida klub transferni yakunlay oldi: Liverpool darhol 106 million funt to'ladi, bonuslar bilan birga summa 123 million funtga yetishi mumkin.

🛑 Liverpool Barkolya uchun katta mablag' sarfladi, chunki uning yoshi, tezligi, o'tish fazalaridagi xavfi va tarkib darajasini bir necha mavsum davomida oshirish salohiyati yuqori edi. Bu shunchaki Salohni almashtirish zarurati uchun qilingan xarid emas.

Liverpool'da uni allaqachon eng yuqori darajada o'zini ko'rsatgan, ammo yanada kuchayishga qodir futbolchi sifatida baholashmoqda.