Karl-Xaynts Rummenigge Florian Virtsning «Liverpul»dagi holati haqida fikr bildirdi
Karl-Xaynts Rummenigge «Bavariya»ning Florian Virtsga bo'lgan qiziqishi hamda futbolchining «Liverpul»dagi hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
Karl-Xaynts Rummenigge «Bavariya»ning Florian Virtsga bo'lgan qiziqishi qayta tiklanishi mumkinligi haqida:
«Eng avvalo, bu mening ishim emas. Bu boshqaruv kengashining ishi. Biz Jamol Musiala va Serj Gnabri bu pozitsiyada o'ynashini, shuningdek, Ismael Saybari kabi boshqa variantlar ham borligini unutmasligimiz kerak. Virts uchun sarflanishi kerak bo'lgan katta mablag'ni bu pozitsiyaga to'rtinchi o'yinchini olish uchun ishlatishga hojat yo'q. Shu sababli aytamanki: qandaydir qadam tashlashdan oldin, o'yinchi barchasini juda puxta o'ylab ko'rishi kerak.
Qachondir yana nimadir bo'lishi mumkinmi? Bilmayman. Savol shundaki, Virts «Liverpul»da baxtlimi? Men buni baholay olmayman. Uli va men bir muddat uning ota-onasi bilan aloqada bo'lganmiz. Keyin ular boshqa yo'ldan borishga qaror qilishdi va biz buni hurmat qildik»
Rummenigge Virtsning «Liverpul»da qiyinchiliklarga duch kelayotganidan hayronmi degan savolga:
«Rostini aytsam, ha. Bizda shunday taassurot qolgandiki, u «Liverpul»ni tanlagan, chunki o'sha vaqtdagi murabbiy Arne Slot unga «Leverkuzen»da bajarganidek, o'nlik pozitsiyasini, o'sha rolni va'da qilgan edi.
Bu uning «Liverpul»ga o'tish qarorida muhim omil bo'lgan. Moliyaviy farqlar unchalik katta emasdi. U o'z qarorini qabul qildi va biz uni qabul qildik»