Arne Slot yozda Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi:
So'nggi bir necha hafta, ayniqsa oxirgi kunlarda Niderlandiya terma jamoasidagi lavozim haqida ko'plab xabarlar tarqaldi. Ularda go'yoki men uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng, maosh va shartnoma muddati kabi masalalar tufayli taklifni rad etganim aytildi.
Bu mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Biz muzokaralarning bunday bosqichiga yetib bormaganmiz. Karyeramning hozirgi bosqichida men har kuni o'yinchilarim bilan mashg'ulot maydonida ishlashni afzal ko'raman. Terma jamoada ishlashda esa bu imkonsiz.
Shu sababli men muzokaralarni davom ettirmaslikka va shartnoma shartlarini muhokama qilmaslikka qaror qildim. Bir kun kelib o'z mamlakatim sharafini bosh murabbiy sifatida himoya qilish men uchun katta sharaf bo'lardi. Biroq, hozir buning uchun mos vaqt emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!