The Athletic nashri jurnalisti Jeyms Pirs «Monako»ga qarshi o'yindan so'ng «Liverpul»dagi muammoli nuqtalar va avgust oyi uchun rejalarni tahlil qildi:
🛑 Arauxoning transferi Jeremi Jakening to'liq mashg'ulotlarga qaytishi bilan bog'liq. Ulardan biri Premer-liganing birinchi turida «Nyukasl»ga qarshi bahsda van Dayk bilan juftlik hosil qiladi;
🛑 Jonsning yo'qligi «Inter»ning unga bo'lgan qiziqishi bilan bir vaqtga to'g'ri keldi. Vaziyat qanchalik tez oydinlashsa, shunchalik yaxshi, chunki Jonsni sotib, o'rniga hech kimni olmaslik mantiqsiz bo'lardi;
🛑 Mak Allister dushanba kuni jamoa ixtiyoriga qaytishi kerak. Yoz davomidagi barcha mish-mishlarga qaramay, argentinalik futbolchi bo'yicha aniq takliflar kelib tushmadi va Iraola uni jamoada saqlab qolish niyatida ekanini ochiq aytdi;
🛑 Gravenberxga yuklamani kamaytiradigan profil tayanch yarim himoyachisining xarid qilinmagani ham xavotir uyg'otmoqda;
🛑 Agar PSJ Barkolya uchun 145 million funt sterling talabini pasaytirmasa, «Liverpul» muqobil variantlarga o'tishga majbur bo'ladi;
🛑 O'tgan mavsum «Xall»ning Premer-ligaga chiqishiga yordam bergan Kumasni ijaraga berish masalasi, katta ehtimol bilan, transfer oynasining so'nggi kunlarigacha ortga suriladi;
🛑 Ngumoa Munyos bilan bir vaqtda maydonga tushdi va o'ng qanotda harakat qildi, ammo uning o'yini qarama-qarshi qanotdan markazga o'tish unga ancha qulayroq ekanini yana bir bor isbotladi.
Agar «Tottenxem» Gakpo uchun «Liverpul» rad eta olmaydigan taklif bilan chiqmasa, «Nyukasl»ga qarshi o'yinda chap qanot uchun uch nafar futbolchi – Gakpo, Ngumoa va Munyos da'vogarlik qiladi;
🛑 Jamoaga muvozanat kerak, demak, o'ng qanotda tabiiy harakatlana oladigan futbolchi xarid qilinishi lozim. Ko'rib chiqilayotgan variantlar orasida PSJning 18 yoshli vingeri Ibraim Mbaye ham bor.
Jeyms Pirs o'ng qanot uchun boshqa nomlarni keltirmagan bo'lsa-da, uning so'zlari boshqa variantlar ham borligidan dalolat beradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!