🛑 Iraola maydon tashqarisida juda vazmin, deyarli sezilmaydi. Kloppdan farqli o'laroq, uni bir necha xona naridan eshitib bo'lmaydi.
Ammo mashg'ulotlarda u keskin o'zgaradi – juda faol, mashg'ulotlarni o'zi olib boradi va maydonning o'zida futbolchilar bilan ko'p muloqot qiladi.
🛑 U qo'l ostida individual va guruhli uchrashuvlar sezilarli darajada kamaydi. Slot ko'p yig'ilishlarni yoqtirardi: himoyachilar, yarim himoyachilar, hujumchilar bilan alohida, ustiga-ustak umumjamoaviy yig'ilishlar.
Iraolada esa ishning ko'p qismi bevosita maydonning o'zida amalga oshiriladi.
🛑 Iraola o'z kabinetida kam o'tiradi. Odatda u murabbiylar shtabi bilan birga bo'lib, muhokama qiladi, tahlil qiladi va rejalashtiradi.
Futbolchilar bazaga biroz ertaroq kela boshlashdi, mashg'ulotlar ham erta boshlanmoqda va mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida ular uzoqroq davom etdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!