Milos Kerkez Iraolaning taktik talablari, Arne Slotning iste'fosi va o'zining bolaligi haqida gapirib berdi.
Milos Kerkez o'z intervyusida Iraolaning talablari va Arne Slotning iste'fosi haqida gapirdi.
Iraola murabbiy sifatida qanot himoyachilari ko'proq qanot bo'ylab harakatlanishini, ham sherigining orqasiga, ham yarim qanotga o'tishini afzal ko'radi. "Bornmut"da bu tizim menga mos kelgan, shuning uchun bu yerda ham ish beradi deb o'ylayman. Iraola menga har doim eng muhimi – himoyadagi o'yin ekanligini aytgan. U uchun bu birinchi o'rinda turadi: agar himoyachi bo'lsang, avvalo sifatli himoyalanishing kerak. Shuning uchun men doimo avval himoyaga e'tibor qaratib, keyin oldinga o'tib, vingerlarga yordam berardim. U menga ko'rsatdi: agar asosiy ishingni bajarsang, keyin erkinlikka ega bo'lasan va o'zing to'g'ri deb bilgan narsani qila olasan. Uning qo'l ostida o'zimni haqiqatan ham erkin his qilardim. U o'zingni ko'rsatishingga imkon beradi.
Men hayron qoldim. Rostini aytsam, hech narsadan xabarim yo'q edi. Serbiyada edim va uxlab yotganimda akam meni uyg'otdi. U eshikni taqillatdi – bu yangilik katta syurpriz bo'ldi. Hech kim hech narsani bilmasdi. Ishongim kelmadi va faqat: "Voy-bo'", deb o'yladim. Shundan so'ng Slot bilan gaplashdik va bir nechta xabar almashdik.
Rostini aytsam, bosim haqida qayg'urmayman. Menga bu "bosim" va shunga o'xshash gaplar yoqmaydi. Men Serbiyada biroz boshqacha sharoitda o'sganman. Bizning tarbiyamiz boshqacha. Aytish mumkinki, biz o'zimiz ham biroz boshqacharoq odammiz. Masalan, men o'n yoshimda yuk mashinasini hayday boshlaganman. Bu otam bilan birga bo'lgan. Kabinaga chiqib, rulni ushlaganman. Pedallarni u boshqargan, chunki men hali kichik edim va ularga oyog'im yetmasdi.
Milosh Kerkez «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraolaning ish uslubi va mashg'ulotlardagi talablari haqida gapirib berdi.
Milosh Kerkez Andoni Iraolaning tayinlanishi haqida gapirdi:
Chestni aytganda, men juda xursand bo'ldim. Ikki yil davomida birga ishlagan vaqtimizda u menga juda ko'p yordam berdi va uning yordami bilan kuchliroq futbolchiga aylandim. Men ham o'zim, ham jamoa uchun juda xursand edim. Hamma uning qanday futbol o'ynashini biladi, shuning uchun u bizga juda mos keladi deb o'ylayman.
Asosiysi – intensivlik. U butun maydon bo'ylab birga-bir o'ynashdan, yuqori pressing qilishdan va doimo birinchi raqam ostida harakat qilishdan qo'rqmaydi.
Agar mashg'ulotlardan keyin hammamiz gazonda yotganimizni ko'rsangiz, u bizni nimaga tayyorlayotganini tushunib yetgan bo'lardingiz. Uning futboli uchun albatta kuchli oyoqlar va a'lo darajadagi jismoniy tayyorgarlik kerak, ammo biz bilan hammasi joyida bo'ladi.
Biz uch yoki to'rt jamoa bilan o'yin mashqlarini bajarganimizda, u buni «oqibatlar» deb ataydi: mag'lub bo'lgan va ikkinchi o'rinni egallagan jamoa yugurishi kerak. Qancha yugurish kerakligi uning o'sha vaziyatdagi qaroriga bog'liq, ammo mag'lublar doimo yugurishadi.
Dominik Soboslai "Liverpul"dagi o'zgarishlar, yangi murabbiy Andoni Iraola va jamoaning kelgusi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Siz o'zingizni uch yil avval kelgan yigitdan ko'ra yaxshiroq o'yinchi deb hisoblashingizni aytdingiz. Nega? Sizningcha, nimalar yaxshilandi?
O'ylaymanki, vaqt o'tishi bilan yaxshiroq bo'lib borasiz – tajriba orttirasiz. Men ikki xil murabbiy qo'l ostida o'ynadim, endi esa uchinchisi keldi. Har biridan ko'p narsani o'rgandim va bu menga kerak edi deb o'ylayman. Shu bois, endi bularning barchasini har safar maydonda ko'rsata olishimga umid qilaman.
Aytganingizdek, klubda o'zgarishlar yuz berdi va yangi bosh murabbiy tayinlandi. Andoni Iraola qo'l ostida ishlashni qanchalik kutyapsiz?
"Bornmut"da u ajoyib murabbiy ekanligini ko'rsatdi. U bizga qarshi har doim Premer-ligadagi eng jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa bilan o'ynagan. Uning o'yin intensivligi va bilimlari tufayli men uni fantastik murabbiy deb bilaman. Uning qo'l ostida o'ynash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman.
Mavsumoldi mashg'ulotlari shu hafta boshlandi. Milosh Kerkez jamoada ijobiy energiya hukm surayotganini aytdi. Siz ham buni his qilyapsizmi?
Ha, albatta. Yozgi ta'tildan qaytib, yigitlarni deyarli ikki oy ko'rmaganingizdan so'ng, ijaradan qaytgan o'yinchilar: Kostas, Xarvi bilan uchrashish yoqimli. Ularni ko'rganimdan xursandman. Hamma ijobiy kayfiyatni saqlab qolishga harakat qilmoqda, hozircha bu oson, ammo biz oldinga intilishda va qattiq ishlashda davom etishimiz kerak. O'ylaymanki, bizga aynan shu narsa kerak.
O'tgan mavsum "Liverpul" bilan bog'liq barcha uchun umidsizlik bo'lganini va bu biz kutgan natija emasligini ishonch bilan ayta olamiz. Ammo bu kelgusi mavsumda vaziyatni o'nglash uchun qanchalik qat'iyat bag'ishlaydi?
O'ylaymanki, bu bosim bo'lmasligi kerak, bu o'tgan mavsumda yo'l qo'ygan xatolarni takrorlamaslik uchun motivatsiya bo'lishi kerak. Bizga aynan shunday motivatsiya zarur. Har kim mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak, balki tajribali o'yinchilar ko'proq, yoshlar esa ularga ergashishi mumkin. Biz yana jamoaga aylanishimiz kerak.
Dominik Soboslai jamoadoshi Milosh Kerkez haqida o'ziga xos tarzda fikr bildirdi. U futbolchining maydondagi fidoyiligini va hazilomuz tarzda aqlini tilga oldi.
Dominik Soboslai Milosh Kerkezning Gruziyaga qarshi o'yindagi golidan so'ng quyidagicha fikr bildirdi:
U balki dunyodagi eng aqlli yigit emasdir, lekin u har doim maydonda o'zini to'liq bag'ishlaydi – ham yuragi, ham tanasi bilan. Undan bosh bilan gol kutgan oxirgi odam men edim, lekin bunday bo'lganidan juda xursandman!
Ha, bu haqiqiy iqtibos – Soboslai Miloshni inglizcha "not the sharpest knife in the drawer" ("qutidagi eng o'tkir pichoq emas") iborasining to'g'ridan-to'g'ri tarjimasi bilan ta'rifladi, bu "unchalik aqlli bo'lmagan odam" degan ma'noni anglatadi. Nima ham derdik ¯\_(ツ)/¯
Iraola Chempionlar ligasi, tarkib rotatsiyasi va jamoaning jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
Iraolaning matbuot anjumanidan qolgan qismlar:
🛑 Richard Xyuzning ketishi haqida
Men uchun bu dam olish kunlari yangilik chiqqanida kutilmagan holat bo'lmadi. Klubdagi odamlar nima qilish kerakligini bilishadi, Richardga esa faqat omad tilayman. Hozir klubda yozda qaror qabul qilgan insonlar ishlashda davom etmoqda, Mayk Gordon bilan aloqalar mavjud. Endi klub oldinga qadam tashlab, qaysi yo'nalishda harakatlanishni belgilab olishi kerak. Kundalik qarorlarni qabul qiladigan ko'plab insonlar hamon biz bilan.
🛑 Milosh Kerkez haqida
Milosh juma kuni juda yaxshi o'ynadi. Men uni juda yaxshi bilaman va u qanday natijalarga erisha olishini tushunaman. Uning salohiyati hali ham ulkan: u juda yosh, ammo allaqachon Premer-ligada va terma jamoa safida yetarlicha tajriba to'plab ulgurgan. U hali ko'p narsani yaxshilashi kerak, xuddi boshqalar kabi. Aks holda u keyingi qadamni qo'ya olmaydi. Men unga kuchliroq futbolchi bo'lishiga yordam berishga tayyorman. Hozir u to'g'ri yo'nalishda harakatlanmoqda.
🛑 «Enfild»dagi Chempionlar ligasi oqshomlari haqida
Bu murabbiylik faoliyatini boshlaganingda orzu qiladigan narsalardan biri. Men murabbiylikni boshlaganimda, bir kun kelib hozirgi holatimda bo'lishni orzu qilardim. Umid qilamanki, bundan zavq ola olaman. Ammo eng avvalo, vazifam – jamoani yaxshi o'yin ko'rsatishga tayyorlash.
🛑 Makka bilan shartnoma borasida gaplashgani haqida
Yo'q. Men barcha futbolchilarimga yordam berishga harakat qilaman. Umid qilamanki, ularni yaxshiroq qilib, g'alaba qozonishlariga ko'maklasha olaman. Aleksis bilan ham xuddi boshqalar kabi ishlayapmiz. Aleksis va uning o'yinidan, ayniqsa juma kungi harakatlaridan juda mamnunman. Unga yanada yaxshiroq bo'lishiga yordam bera olaman deb umid qilaman. U juda yaxshi futbolchi.
🛑 Bosh murabbiy sifatidagi ilk Chempionlar ligasi o'yini haqida
Bu biz duch keladigan eng qiyin raqiblardan biri. Garchi Premer-ligada ham doimiy ravishda kuchli jamoalarga qarshi o'ynasak-da. «Atletiko»ni yetarlicha yaxshi bilaman, ularning ayrim futbolchilaridan xabardorman. Chempionlar ligasidagi ilk o'yinim uchun bu ajoyib bahs. U bizning hozirgi darajamizni ko'rsatib beradi. Juma kuni bir nechta yaxshi jihatlarni ko'rdik, endi «Atletiko» fonida qanday ekanligimizni tekshirib olamiz.
🛑 Haftasiga uchta o'yin haqida
Umid qilamanki, bu butun mavsum davomida biz uchun sinov bo'ladi, chunki bu biz barcha turnirlarda ishtirok etishda davom etayotganimizni anglatadi. Bu hafta hali unchalik yomon emas, chunki avvalgi o'yinni juma kuni o'tkazdik. Keyingi hafta qiyinroq bo'ladi. Menga ham bunga ko'nikishga to'g'ri keladi. Albatta, tarkibni tanlayotganda keyingi o'yinlarni ham yodda tutaman. Biroq sizlarga rotatsiya rejalashtirayotganimni aytmoqchi emasman. Hatto futbolchilarim ham hali asosiy tarkibni bilishmaydi, shuning uchun sizlarga aniq aytmayman. Ammo bo'lajak o'yinlar sonini va futbolchilarning jismoniy holatini hisobga olishga majburman.
🛑 Zich taqvimda intensivlikni saqlab qolish haqida
Biz imkon qadar intensiv o'ynashimiz kerak, chunki aynan shu orqali kuchliroq bo'lamiz. O'yin vaqtida futbolchilarim oldinda yana bitta o'yin borligi haqida o'ylashlarini istamayman. Ular maydonga kalkulyator bilan chiqib, keyingi o'yinlarni o'ylab kuchni tejashlarini xohlamayman. Biz yuqoriroq sur'atda o'ynashga ko'nikishni istaymiz va bunga erishishning yagona yo'li – o'zimizdan doimiy ravishda ko'proq narsa talab qilishdir.
🛑 Bredli Barkolya haqida
U maydonda ko'proq vaqt o'tkazishga tayyor. U deyarli odatiy rejimda jamoa bilan birga shug'ullanmoqda. Hozir u juda yaxshi holatda.
Milosh Kerkez «Liverpul»ning yangi mavsumdagi o'yin uslubi, yuqori pressing va agressiv futbol haqida gapirdi.
Milosh Kerkez jamoaning o'yin uslubi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
O'ylayman-ki, biz yana barchamiz o'rgangan o'sha shijoatli «Liverpul»ni ko'ramiz: yuqori pressing, birinchi raqam ostida o'yin, doimiy oldinga intilish.
Jamoa agressiv harakat qiladi va butun tarkib bilan pressing uyushtiradi. «Enfild», albatta, bizni kuchli tarzda oldinga undaydi va ulkan energiya bag'ishlaydi. Muxlislar raqibga qanchalik faol bosim o'tkazayotganimizni ko'rishgach, bizga kuchli madad berishadi – ham uyda, ham safarda.
Shu bois, bu mavsumdagi o'yinimizning asosiy farqi bosim, pressing va umumiy agressivlik bo'ladi, deb o'ylayman.