Arne Slot qo'l ostidagi ilk oylarning asosiy stilistik yakuni – «Liverpul»ning APLda futbolchilarning «sprint» holatida, ya'ni soatiga 25 km dan yuqori tezlikda harakatlanish vaqti bo'yicha katta farq bilan birinchi o'rinda borayotganidir.
Bu o'ta intensiv pressing, qarshi hujumlarga katta urg'u berish hamda pozitsion hujumlarda himoyachilar ortiga doimiy yugurishlar natijasidir.
Umumiy masofa bo'yicha esa biz «Siti», «Chelsi» va MYU bilan birga quyi beshlikdamiz – bunchalik ko'p sprintlar uchun o'yinning boshqa fazalarida kuchni tejashga majburmiz, qolaversa, to'pga egalik qilishning yuqori ko'rsatkichi katta masofa bosib o'tishga turtki bermaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!