Jeyms Pirsning fikricha, «Liverpul»ga sof tayanch yarim himoyachisi shart emas. Taktik jihatdan buni tushunish mumkin, chunki Iraola «Bornmut»da ham sof vaynerlarsiz o'ynagan, ammo tarkibdagi o'yinchilar soni bo'yicha savollar qolishi mumkin.
Shuningdek, u «Liverpul»da Nyoniga katta ishonch bildirilayotganini va uni tarkibning muhim futbolchisi sifatida ko'rishayotganini qo'shimcha qiladi. Aslida, Trey Kertisning o'rnini egallaydi. Makkonell esa so'nggi pallada tarkibda olib qolindi va ijaraga berilmadi: yosh tayanch yarim himoyachisi qishgacha ichki kubok bahslarida markazni rotatsiya qilib turadi.
Bu mavsumda markazdagi asosiy juftlik (hech bo'lmaganda dastlabki vaqtda) Gravenberx va Soboslai bo'ladi. Dominikni o'ng qanot himoyasiga o'tkazish rejasi yo'q. Ularni asosiy tarkibda birinchi navbatda Mak Allister rotatsiya qiladi. Rahbariyat Slotdan o'tgan mavsumdayoq Nyoniga, shuningdek, Ngumoga ishonch bildirishni so'ragan edi, shuning uchun Treyga bo'lgan ishonch ajablanarli emas (qolaversa, yigit mavsumoldi tayyorgarlikda juda yaxshi taassurot qoldirdi). Vataru Endoni ham unutmaslik kerak, uning ketishi haqida hech qanday mish-mish yo'q.
🚨 Jeyms Pirs ma'lumotiga ko'ra: «Liverpul» ichida 6-raqamli pozitsiya uchun maxsus futbolchi talab qilinmaydi, deb hisoblashmoqda. Ular Iraola o'z jamoasini qanday qilib yagona tizimda pressing qilishga o'rgatganini va uning tizimida yarim himoya himoyani sug'urtalab turadigan Fabinyo kabi o'yinchiga qurilmaganini ta'kidlashmoqda. Buning o'rniga, hujumga o'tish va ortga qaytishda jamoaviy mas'uliyat ustunlik qiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!