😅 Ugo Oliveyra: «Javobgarlik men bilan boshlanadi»
«Strasbur» bosh murabbiyi «Renn»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatni izohladi.
🗣 Oliveyra natija uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi va himoyalanish nafaqat himoyachilar, balki butun jamoaning vazifasi ekanligini ta'kidladi.
Murabbiy, shuningdek, yosh futbolchilar uchun qiyin pallalarda hissiyotlarni jilovlash, birga bo'lish va mashg'ulotlarda tinimsiz mehnat qilish muhimligini qayd etdi.
Ugo jamoani qo'llab-quvvatlash uchun Bretanga kelgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirdi.
📉 Mag'lubiyat og'riqli bo'ldi, ammo endi «Strasbur» xulosa chiqarib, navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'rishi kerak.
📰 Alsa'Sports ma'lumotiga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!