Ugo Oliveyra: «Biz agressivliksiz o'ynadik»
«Strasbur» bosh murabbiyi Ugo Oliveyra «Tuluza»dan uchralgan mag'lubiyat (1:3) yakunlari bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va jamoasi o'yinini tanqid qildi. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, futbolchilarga ham hujumda, ham himoyada harakatchanlik va agressivlik yetishmagan.
O'yin tanaffusi oldidan o'tkazib yuborilgan gol haqida: «Bu biz uchun og'ir natija. Aynan shu pallada, tanaffus oldidan gol o'tkazib yuborish — o'yinni sindiruvchi epizod bo'ldi. Shundan so'ng muvozanatni saqlab qolish qiyin».
Jamoa harakatlari haqida: «Biz o'yinni yaxshi boshladik, o'yin qurishga harakat qildik. Ammo bizga to'psiz harakat yetishmadi. Bizga agressivlik yetishmadi — ham to'psiz, ham to'p bilan».
Hujumdagi o'yin haqida: «Biz o'yinni nazorat qilish va qurishni biladigan jamoamiz, ammo vaziyatlar yaratish va hujumlarni yakunlash uchun to'psiz harakat zarur. Bugun biz hujumkor agressivliksiz o'ynadik».
Murabbiy, shuningdek, jamoaga faqat individual faollik emas, balki jamoaviy harakat yetishmaganini ta'kidladi.
Himoya haqida: «O'z jarima maydonchamizni himoya qilish uchun bizga ko'proq agressivlik va yanada uyg'unlashgan jamoaviy himoya kerak».
Hatto Jovanni Reynaning hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirgan golidan keyin ham jamoa hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ishonishi kerak edi, ammo himoyada ishonchlilik yetishmadi.
«Tuluza»dan uchralgan mag'lubiyat jiddiy xulosalar chiqarish uchun yana bir sabab bo'ldi. Oldinda xalqaro tanaffus — xatolarni to'g'irlash va kuchliroq bo'lib qaytish vaqti.
💙🤍 ALLEZ RACING!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!