L'Equipe xabariga ko'ra, Paulo Fonseka haqiqatan ham "Lion" rahbariyatidan uni qo'yib yuborishni so'ragan.
"Lion"ning "Anje" ustidan qozongan g'alabasi (2:0) yakshanba kuni Paulo Fonseka uchun kuchli hissiyotlarga boy o'tdi.
"To'quvchilar" ikkinchi golni urganlaridan so'ng (86-daqiqada), sardor Korenten Tolisso o'z murabbiyini quchoqlab oldi va qolgan jamoadoshlarini ham bunga chorladi. O'yin yakunlanganidan so'ng esa portugaliyalik mutaxassis o'z his-tuyg'ularini yashira olmadi va ko'z yoshlarini tiya olmadi.
Bugungi L'Équipe nashri xabar berishicha, "Sporting" prezidenti, Fonsekaning agenti va "Lion" rahbariyati o'rtasida muzokaralar boshlangan.
Garchi hozircha hech narsa hal bo'lmagan va hech qanday shartnoma imzolanmagan bo'lsa-da, murabbiyning o'zi mavsum qizg'in pallada bo'lishiga qaramay, Portugaliya klubidan tushgan takliflarga befarq qolmadi.
Xo'sh, bu hissiyotli lahzani tez orada ketish belgisi deb qabul qilish kerakmi?
"Lion" bosh murabbiyi Ligue 1+ telekanaliga bergan intervyusida buni tasdiqlashdan bosh tortdi va faqatgina "kuchli hissiyotlar lahzasi" haqida gapirib, ketishi "mumkin bo'lgan variantlardan biri" ekanligini tan oldi.
Har qanday holatda ham, Fonseka haqiqatan ham klub rahbariyatidan Lissabonning "Sporting" jamoasini boshqarishi uchun uni shartnomadan ozod qilishni so'ragan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!