📰 L'Équipe xabariga ko'ra, «Real Madrid» hamon Olisega qiziqish bildirmoqda. Qolaversa, Mbappé va Konate 24 yoshli vingerga «qaymoqranglilar» safiga o'tishni maslahat berib, uni ko'ndirishga urinishmoqda.
Yaqin kunlarda «Bavariya» Olise bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkazadi. Agar tomonlar yangi bitim borasida kelisha olishmasa, myunxenliklar kelasi yozda futbolchini sotish variantini ko'rib chiqishlari mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!