Kristian Vyeri futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilarni sanab o'tdi
Kristian Vyeri futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilar uchligini ma'lum qildi. Ro'yxatdan "Milan" afsonalari o'rin oldi.
Kristian Vyeri «Bobo is Back» dasturida o'zining eng yaxshi himoyachilar reytingini tuzdi:
🥇 Paolo Maldini
🥈 Franko Barezi
🥉 Alessandro Nesta
Vyeri Maldini haqida: «Tarixdagi eng yaxshi himoyachi. Unda hamma narsa bor edi: bo'y, har ikki oyoq, tezlik, bosh bilan o'yin, pozitsiyani tiklash. Hammasi».
Nesta haqida esa shunday qo'shimcha qildi:
«Vayronkor, elegant, tezkor, texnik. Ularga gol urish nihoyatda qiyin edi».
«Milan»ning uch afsonasi — va barchasi kuchli uchlikda. ❤️🖤