Ronaldo: "Mbappe menga eng o'xshash o'yinchi"
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldo "Oltin to'p"ga nomzodlar orasida kim unga ko'proq o'xshashini aytdi.
Ronaldo: "Kim "Oltin to'p"ni yutishi kerak? Bilmadim, mukofotni men topshiraman, shuning uchun ko'ramiz (kuladi).
"Oltin to'p"ga nomzodlar orasida kim o'yin uslubi bo'yicha menga eng ko'p o'xshaydi? Mbappe. Uning tezligi, harakatlari, urayotgan gollari... O'ylaymanki, Mbappe menga hammadan ko'ra ko'proq o'xshaydi".