#Paolo Maldini — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Oliver Birxoff "Milan" haqida: "Jamoa meni o'ziga jalb eta olmayapti"

Oliver Birxoff "Milan" haqida: "Jamoa meni o'ziga jalb eta olmayapti"

Oliver Birxoff "Milan"dagi davrini yodga oldi va hozirgi jamoa haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Oliver Birxoff o'zining "Milan"dagi davrini yodga oldi va hozirgi jamoani baholadi.

Sobiq "rossonerilar" hujumchisi Oliver Birxoff Trentodagi Festival dello Sport tadbirida ishtirok etib, bir qator muhim mavzularda to'xtalib o'tdi.

Italiya terma jamoasi haqida:

Ilgari terma jamoada Baggio yoki Pirlo kabi futbolchilar bor edi, bugun esa bunday emas.

1999-yilgi Skudetto haqida:

Birxoff Alberto Zakkeroni qanday qilib tajribali o'yinchilar — Boban, Donadoni, Maldini va Kostakurtaga ishongani hamda jamoa yakunda chempionlikni qo'lga kiritgani haqida so'zlab berdi.

Maldini haqida:

Agar mendan kim buyukroq bo'lganini so'rasangiz, men: Paolo Maldini, deb javob beraman.

Shuningdek, Birxoff "Milan" faxriylarining qiziqarli suhbatlarini esladi — ular hatto pasta uchun qaysi zaytun moyi ko'proq mos kelishi haqida bahslashishgan 😄

Gonsalu Ramush haqida gapirar ekan, nemis futbolchisi hujumchiga jamoadoshlarining yordami kerakligini ta'kidladi:

To'plar unga yetib borishi kerak.

Va eng asosiysi — milanliklarning qalbiga tegadigan so'zlar:

"Milan" doimo "Milan" bo'lib qoladi, men uni yuragimda olib yuraman. Ammo so'nggi paytlarda uni kuzatar ekanman, u meni o'ziga jalb eta olmayapti.
Paolo Maldini: Jorjio Kellinini o'ldirib qo'ymoqchi bo'lganman

Paolo Maldini: Jorjio Kellinini o'ldirib qo'ymoqchi bo'lganman

Paolo Maldini Jorjio Kellini bilan bog'liq eski voqeani esladi. Afsonaviy himoyachi nima uchun raqibini urmoqchi bo'lganini aytib berdi.

😳 Maldini nima uchun bir safar Kellinini «o'ldirib qo'ymoqchi» bo'lgani haqida gapirib berdi.

U meni tirsagi bilan urdi va burnimni sindirdi. Men burun bo'yicha uch marta operatsiya o'tkazganman va to'rtinchisini xohlamasdim. Shu sababli juda jahlim chiqqandi.

🤯 Shundan so'ng Maldinining oldiga Janluiji Buffon kelgan.

Paolo bunday holatlar rasmiy o'yinlarda emas, aynan mashg'ulotlarda ko'proq sodir bo'lishini tan oldi:

Hatto ko'p yillar davomida birga o'ynagan jamoadoshlaring bilan ham o'zingni yo'qotib qo'yishing mumkin.
Paolo Maldini: Gvardiolani Italiya terma jamoasiga olib kelishga yaqin qolgandik

Paolo Maldini: Gvardiolani Italiya terma jamoasiga olib kelishga yaqin qolgandik

Paolo Maldini Pep Gvardiolani Italiya terma jamoasiga taklif qilgani va nima uchun rad javobini olgani haqida gapirib berdi.

Paolo Maldini Pep Gvardiola bilan bo'lgan muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi:

U rozi bo'lishga juda yaqin edi. Hatto qog'ozlarga tarkiblarni yozishni ham boshlagandi.

Eng qizig'i shundaki, Gvardiola 20 million yevro so'ramagan. Maldinining so'zlariga ko'ra, pul umuman muammo bo'lmagan.

Pep boshqa sababga ko'ra rad javobini bergan: u APLdagi 10 yillik faoliyatidan charchagan, belidan operatsiya qilingan va dam olishni xohlagan.

Gvardiola qo'l ostidagi Italiya terma jamoasini tasavvur qila olasizmi? 👀

Gennaro Gattuso: Ronaldo'ga qarshi o'ynash och qolgan yo'lbarsni to'xtatishga o'xshardi

Gennaro Gattuso: Ronaldo'ga qarshi o'ynash och qolgan yo'lbarsni to'xtatishga o'xshardi

Gennaro Gattuso «Inter» safida o'ynagan Ronalduga qarshi kechgan bahslar haqida fikr bildirdi.

Gennaro Gattuso o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi 👹:

Men eslaydigan barcha derbilardan eng yodi qolgani Ronaldu «Inter» safida o'ynagan vaqtlar edi. Maldini ikkimiz uni to'xtatish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilardik, ammo bu xuddi och qolgan yo'lbarsni to'xtatishga urinishdek gap edi. Har safar uni qo'riqlaganimizda, bu unga yanada ko'proq yoqayotgandek tuyulardi, xuddi biz unga aynan bizni parcha-parcha qilib tashlashi uchun kerak bo'lgan narsani berayotgandek edik.

O'ng ustun yangiliklari

Milan sodiq muxlisini yo'qotdi

Milan sodiq muxlisini yo'qotdi

«Milan» klubi o'zining sodiq muxlisi Stefano Milani vafot etgani munosabati bilan ta'ziya bildirdi.

💔 Bugun «Milan» o'zining eng sodiq muxlislaridan birini yo'qotdi.

Verbaniyalik Stefano Milani uzoq davom etgan xastalikdan so'ng, 57 yoshida olamdan o'tdi.

Ko'p yillar davomida Stefano X ijtimoiy tarmog'ida o'zining hayot uchun kurashi haqida so'zlab berdi va «Milan» hamjamiyatidan ulkan qo'llab-quvvatlashga ega bo'ldi. ❤️

2024-yilda uni Stefano Pioli Milanelloga taklif qildi, keyinroq esa Paolo Maldini u uchun video murojaat yozib yubordi.

Radioboshlovchi Jakomo Chichcho Valenti shunday deb yozdi:

«Stefano, sen men uchratgan eng go'zal namunalardan biri eding. Jasorat, kurash, kuch va qadr-qimmatning betakror namunasi».

🖤❤️ «Milan»ga bo'lgan muhabbating uchun rahmat, Stefano. Joying jannatdan bo'lsin.

Oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 🙏

Alfonso Devis o'zining ideal chap qanot himoyachisini tuzdi

Alfonso Devis o'zining ideal chap qanot himoyachisini tuzdi

Alfonso Devis o'zining ideal chap qanot himoyachisi qanday bo'lishi kerakligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

📈😍 Alfonso Devis o'zining ideal chap qanot himoyachisini yaratdi:

🔴 Tezlik: men
🔴 Dribling: Marselo
🔴 Paslar: Roberto Karlos
🔴 Birga-bir vaziyatlar: Marselo
🔴 Liderlik: Maldini
🔴 Kuch: Roberto Karlos
🔴 Ko'nikmalar: Marselo
🔴 Maydonni ko'ra olish: Nunu Mendesh