Xuan Kuadrado: «Yuventus»dan ketish men uchun juda og'ir bo'lgan»
Xuan Kuadrado «Yuventus»dagi faoliyati, Allegri, Pirlo va klub muxlislaridan uzr so'rashi haqida gapirdi.
Xuan Kuadrado: «Men uchun «Yuventus» tarixi bir qismi bo'lish katta sharaf. Krishtianu Ronaldu menga ko'p narsani o'rgatdi, xuddi Kellini, Bonuchchi, Buffon va Markizio kabi. Ular tufayli men «Yuve» nimaligini tushunib yetdim».
Bugun jamoada yosh o'yinchilar bor, ularga Bremer, Lokatelli, Makkeni va Pinsolo yordam bera oladi. Kenan Yildiz qaytganida, «Yuventus» kuchayadi. Unda chinakam chempionlik fazilatlari bor va u o'yin taqdirini o'zgartira oladi.
2015-yilda «Torino»ga qarshi derbidagi gol men uchun alohida ahamiyatga ega. Ammo menga «Bavariya» darvozasiga urgan golim ham juda yoqadi. O'shanda biz Chempionlar ligasini yutishimiz mumkin edi: o'zimizga ishongan edik va ajoyib formada edik.
Himoyada unchalik kuchli emasdim, ammo Allegri menga o'sishga va yanada ko'p qirrali bo'lishga yordam berdi — to'p bilan ham, to'psiz ham. Shuningdek, menga ayrim o'yin prinsiplarini o'rgatgan Pirloni ham unutmayman.
«Yuventus»dan ketish men uchun juda og'ir bo'lgan. Kontinassa men uchun uy edi. «Yuve» va «Inter» o'rtasidagi raqobat qanchalik kuchli ekanini anglamagan ekanman. Keyinchalik «Yuventus» muxlislarini ixtiyorsiz ravishda xafa qilib qo'yganimni tushundim. Men faoliyatimni Turinda yakunlamoqchi edim va hozirda hafsalasi pir bo'lgan muxlislardan uzr so'rayman.
Men darhol Turinga qaytgan bo'lardim. U yerda ko'p yillar o'tkazdim va ko'plab do'stlar orttirdim. Hozirgacha Bremer, Makkeni, Lokatelli, Pinsolo, Danilo va Aleks Sandro bilan muloqot qilaman.
Alaybegovichni ko'rdim — u menda katta taassurot qoldirdi. Onam «Yuventus»ga muxlislik qiladi va nega jamoa yomon o'ynayotganini so'radi. Unga shunday dedim: «Ko'rasan, ona, «Yuventus» hech qachon o'lmaydi». Lukumi himoyaning tayanchiga aylanadi».