#Devid Bekxem — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ronaldinyo: «Milan»da jarima zarbalari nomi uchun emas, mashg'ulotlardagi natija uchun berilardi»

Ronaldinyo: «Milan»da jarima zarbalari nomi uchun emas, mashg'ulotlardagi natija uchun berilardi»

Ronaldinyo «Milan»dagi jarima zarbalari uchun bo'lgan raqobat va Pirlo hamda Bekxem bilan birga o'ynagan davrlari haqida gapirdi.

Ronaldinyo:

«Milan»da jarima zarbalari nomi uchun emas, mashg'ulotlardagi natija uchun berilardi. Bekxem, Pirlo va men kabi yigitlar bir jamoada bo'lganimizda, kim zarba berishini hal qilishning yagona adolatli yo'li — buni amalda ko'rsatish edi. Hech qanday iyerarxiya, shon-shuhrat yoki injiqliklar yo'q edi. Har hafta mashg'ulotlarda hamma narsa o'lchanardi. Kim ko'proq gol ursa, o'sha dam olish kunlari zarbani amalga oshirardi. Va tamom.
Pirlo uzoq masofadan o'ta xavfli edi, Bekxem o'ziga xos uslubi bilan jarrohlik aniqligiga ega edi, men esa... mening o'z zonam bor edi: jarima maydonchasi yaqinida, kuchdan ko'ra ko'proq burchak evaziga. Har kim qayerdan eng xavfli ekanini bilardi. Biz bir-birimizni juda hurmat qilardik. Ammo maydonda bu hurmatning o'zi yetarli emasdi: natija ko'rsatish kerak edi.
Va ha, deyarli har doim men g'olib bo'lardim. Mashg'ulotlar biz o'rtamizdagi mini-turnirlar kabi edi. Ularga oson emasdi... lekin menga ham oson bo'lmagan. Raqobat haddan tashqari yuqori edi va aynan shu narsa ish berardi. Agar zarba berishni istasang, avvalo eng yaxshisi ekaningni isbotlashing kerak edi. «Milan» kabi klubda esa bu — katta gap».
Devid Bekxem: «Real»dagi yulduzlar mag'lubiyat paytida ham xotirjam bo'lishgan»

Devid Bekxem: «Real»dagi yulduzlar mag'lubiyat paytida ham xotirjam bo'lishgan»

Devid Bekxem «Real»dagi yulduzlar bilan o'ynagan davrini esladi.

💭 Devid Bekxem:

Men 0:1 hisobida yutqazayotganimizda Ronaldo, Figu va boshqalar kulib o'tirganini eslayman. Men esa hayron qolardim: axir yutqazayapmiz-ku? Ular esa shunchaki menga: «Xavotir olma, biz baribir gol uramiz», deyishardi.

O'ng ustun yangiliklari

Devid Bekxem: Ser Aleks Fergyuson soch turmagim tufayli meni uni qirtishlab tashlashga majbur qilgandi

Devid Bekxem: Ser Aleks Fergyuson soch turmagim tufayli meni uni qirtishlab tashlashga majbur qilgandi

Devid Bekxem "Manchester Yunayted"da o'ynagan davrlarida ser Aleks Fergyuson bilan soch turmagi tufayli yuz bergan qiziqarli voqeani esladi.

🗣️ Devid Bekxem:

«Bir kuni "Manchester Yunayted"da o'ynab yurgan kezlarim soch turmagimni irokez qilib olgandim.

Men ser Aleks Fergyusonga bu yoqmasligini bilar edim, shu bois mashg'ulotlarning dastlabki bir necha kunida soch turmagimni yashirish uchun qalpoq kiyib yurdim.

Ammo o'yin kuni qalpoqni yechishga to'g'ri keldi. Isinish mashqlariga chiqqanimda, Fergyuson: "Buni darhol qirtishlab tashla", dedi.

Men kulib yubordim, biroq uning yuz ifodasi o'zgardi va u yana takrorladi: "Men jiddiy aytyapman. Buni hoziroq qirtishlab tashla".

Shunda men hojatxonaga bordim va irokezni qirtishlab tashlashga majbur bo'ldim».

Tasavvur qiling, agar bunday holat zamonaviy futbolda yuz berganida nima bo'lardi.

Devid Bekxem «Manchester Yunayted»ning muammolari haqida gapirdi

Devid Bekxem «Manchester Yunayted»ning muammolari haqida gapirdi

Devid Bekxem «Manchester Yunayted»ning muvaffaqiyatga erishishi uchun nimalar zarurligini aytib o'tdi.

🗣️ Devid Bekxem:

«Manchester Yunayted»da yaxshi kunlar faqat jamoada klub emblemasi uchun kurashishga tayyor bo'lgan sifatli akademiya tarbiyalanuvchilari yana paydo bo'lgandagina qaytadi. Ular «Yunayted» an'analari va tarixini bilishadi, raqiblarimiz bilan prinsipial qarama-qarshiliklarni tushunishadi. Gap bu yerda futbolchilarga juda ko'p hokimiyat berish haqida emas, balki klub DNKsiga moslik haqida ketmoqda».