#Karim Benzema — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Karim Benzema Al-Hilal bilan shartnomani bekor qildi

Karim Benzema Al-Hilal bilan shartnomani bekor qildi

Karim Benzema Al-Hilal bilan shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qildi. Futbolchi Yevropaga qaytishni rejalashtirmayapti.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Karim Benzema Al-Hilal klubini tark etmoqda. Tomonlar shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilishdi.

Tez orada Madridning sobiq sardori o'z kelajagi borasida qarorini e'lon qiladi. 38 yoshli hujumchi yo faoliyatini yakunlaydi, yo Saudiya Arabistonining boshqa klublaridan biriga o'tadi. U Yevropaga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, Benzema faoliyatini yakunlaganidan so'ng qirollik klubining elchisiga aylanadi.