Zinedin Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumani:
Mbappe va «Oltin to'p» haqida:
Men «Oltin to'p» nima ekanligini juda yaxshi bilaman. Bu mavzu atrofida doimo ko'p gap-so'zlar bo'ladi, lekin biz bu yerda uni muhokama qilmoqchi emasmiz.
Orelien Chuameni yo'qligi haqida:
U ikki oy davomida o'ynamadi, shuning uchun biz uning Madridda qolishi yaxshiroq bo'ladi deb qaror qildik.
Karim Benzema qaytishi mumkinligi haqida:
Nega endi yo'q? Men Karimni Madridda ishlagan davrimizdan beri juda yaxshi bilaman. Shu bilan birga, biz yoshroq futbolchilarga ham imkoniyat bermoqchimiz. Bizning maqsadimiz — jamoani bosqichma-bosqich yangilab borish.
Hujumdagi variantlar haqida:
Futbolchilar o'zlarining odatiy pozitsiyalarida foydalaniladi, lekin ko'p narsa tanlangan sxema va o'yin uslubiga bog'liq. To'rtta hujumchi? Keling, voqealardan oldinlab ketmaylik.
Terma jamoa tayyorgarligi haqida:
Futbolchilar dushanba kuni kelishadi. Ularni erta yig'ishning hojati yo'q — o'n besh kun bizga to'liq ishlash uchun yetarli.
Mbappening to'psiz o'yini haqida:
Bu yerda hech qanday muammo ko'rmayapman. Mbappega qo'yiladigan talablar boshqalarniki kabi bo'ladi. Jamoa to'pga egalik qilmayotgan paytda, hamma istisnosiz ishlashi kerak.
Mbappening pozitsiyasi haqida:
Kilian — faqat markaziy hujumchi emas. Menga uning chap qanotda qanday harakatlanishi juda yoqadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!