#Zinedin Zidan — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Zinedin Zidan Rayan Sherkiga yuqori baho berdi

Zinedin Zidan Rayan Sherkiga yuqori baho berdi

Zinedin Zidan Rayan Sherkining o'yin uslubiga yuqori baho berib, u bilan birga to'p surishni istashini ta'kidladi.

Zinedin Zidan Rayan Sherki haqida fikr bildirdi:

«Qachonki o'zim futbolchi bo'lganimda, Rayan Sherki kabi futbolchi bilan birga o'ynashni juda istagan bo'lardim. U aqlbovar qilmas paslar uzatadi va hatto to'psiz ham ajoyib harakat qila oladi...»

Zinedin Zidan Eden Azarning «Real»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi

Zinedin Zidan Eden Azarning «Real»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi

Zinedin Zidan Eden Azarning «Real Madrid»dagi faoliyati va uni qiynagan jarohatlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Zinedin Zidan Eden Azar haqida:

U bilan juda yaxshi munosabatdamiz. U ajoyib inson va futbolchi. Uning «Chelsi» safidagi o'yinlaridan keyin «Real Madrid»da ko'proq narsani kutgandim, jarohatlar uning to'liq ochilib ketishiga xalaqit berdi.
Zinedin Zidan Kamavinganing o'yiniga yuqori baho berdi

Zinedin Zidan Kamavinganing o'yiniga yuqori baho berdi

Diario AS xabariga ko'ra, Zinedin Zidan Eduard Kamavinganing o'yinini yuqori baholadi va uni universal futbolchi deb atadi.

Diario AS: Zidan Kamavingani yaxshi markaziy yarim himoyachi va universal futbolchi deb hisoblaydi.

Turkiyaga qarshi o'yinda Eduard maydonga hal qiluvchi pallada tushdi va maydon markaziga xotirjamlik olib kirdi.

Zidan buni e'tiborsiz qoldirmadi.

O'ng ustun yangiliklari

Zinedin Zidan PSJ haqida fikr bildirdi

Zinedin Zidan PSJ haqida fikr bildirdi

Zinedin Zidan matbuot anjumanida PSJ jamoasining o'yin uslubi va tamoyillari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Zinedin Zidan matbuot anjumanida PSJ haqida shunday dedi:

PSJda men qadrlaydigan ko'plab tamoyillar bor! Bu harakat qiladigan jamoa!
Raqib ortidan quvmaydigan, balki to'p bilan yugurishni istaydigan jamoa!

– ajoyib so'zlar!

Eduardo Kamavinga: Jahon chempionatini o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi

Eduardo Kamavinga: Jahon chempionatini o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi

Eduardu Kamavinga Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi, o'z pozitsiyasi va terma jamoaga chaqirilishi haqida fikr bildirdi.

🫡 Eduardu Kamavinga:

— Jahon chempionati haqida:

To'g'risi, JChni o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi. Hayotimda hamma narsa juda tez sodir bo'ldi, shuning uchun bunday hafsalasizlikka ilk bor duch keldim.
Asosiysi — bundan o'zimga kelishni bilish.

— O'z pozitsiyasi haqida:

Jamoamizda chap qanot himoyachilari yetarli, shuning uchun omadim bor: men tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynashim yoki sakkizinchi raqam rolida harakat qilishim mumkin.
Sevimli pozitsiyamga kelsak — o'ylaymanki, uni allaqachon bilasiz (kuladi).

— Zidan tomonidan terma jamoaga chaqirilishi haqida:

Bu juda muhim, men uchun bu g'alaba. Bu qo'l qovushtirib o'tirmaganim va safga qaytishga muvaffaq bo'lganimni isbotlaydi.
Endi bildirilgan ishonchni oqlashim kerak.

— Ertangi Belgiyaga qarshi o'yin haqida:

Ertaga Kurtua Belgiya terma jamoasi safida o'ynamasligidan juda xursandman (kuladi).