🎙️ Zinedin Zidandan «Lans»ning mag'lubiyati va Pol Fonsekaning ketishidan so'ng Fransiya chempionati saviyasi pasayishi mumkinligi haqida so'rashdi:
Men fransuz futboli uchun xavotirda emasman. Uning ahvoli yaxshi deb hisoblayman. Men ko'plab yaxshi jihatlarni ko'ryapman: chiroyli o'yinlar, kuchli futbolchilar. Har kim o'zi xohlagancha o'ylashga haqli, ammo men xavotirga tushmayapman.
Baribir hushyorlikni saqlash va o'zimizga ma'lum savollarni berish kerak.
Murabbiyning aynan shunday yo'l bilan ketish qaroriga kelsak, bu uning tanlovi. U o'zi uchun vaziyat, ehtimol, oson bo'lmaganini tushuntirdi, lekin bu qalb amri bilan qilingan tanlov edi.
Biroq «Lion» uchun hammasi juda qiyin bo'ladi, chunki u juda yaxshi murabbiy, u qiziqarli g'oyalarga ega edi va o'z futbolchilari bilan sifatli ishladi. Mavsum o'rtasida shunday ketish yuz berganda, vaziyat murakkablashishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!