Zinedin Zidan: Mbappe bilan munosabatlarimiz haqidagi gaplar — safsata
ZZoneRM ↗ ●●●●● Matbuot 👁 18

Zinedin Zidan: Mbappe bilan munosabatlarimiz haqidagi gaplar — safsata

Zidan: "Mening Mbappe bilan tarang munosabatlarim haqidagi mish-mishlarmi? Men bu borada bahslashmoqchi emasman. Kilian bilan juda yaxshi ishchi munosabatdamiz va hammasi a'lo darajada. Odamlarning [jurnalistlarning] o'zlari xohlagan narsani gapirishini taqiqlay olmayman, lekin bu shunchaki ahmoqlik.

Men bunday xabarlarni tushunmayapman. Ular juda xafa qiladi va asabni buzadi. Bu safsata.

Mbappening Fransiya terma jamoasidagi ishtiroki hamma narsani yaxshi tomonga o'zgartiradi. Shu bois biz uni tarkibda ko'rishni afzal ko'ramiz. Hozir Mbappening jismoniy holatida hech qanday muammo yo'q. U ertangi Turkiyaga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!