#Manu Kone — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Manu Konega «Bavariya» qiziqish bildirmoqda

Manu Konega «Bavariya» qiziqish bildirmoqda

Manu Konega «Bavariya» qiziqish bildirmoqda. «Roma» futbolchini sotishni rejalashtirmayapti.

Manu Kone Yevropaning yetakchi klublari e'tiborini tortishda davom etmoqda.

«Chelsi»dan keyin fransiyalik yarim himoyachiga «Bavariya» ham qiziqish bildirmoqda: Calciomercato.it ma'lumotiga ko'ra, myunxenliklar futbolchini transfer nishonlari ro'yxatiga kiritgan va yanvar oyidayoq uni qo'lga kiritishga urinib ko'rishi mumkin.

Biroq «Roma» Kone Gasparini uchun ajralmas futbolchi deb hisoblaydi va faqat astronomik taklif tushgan taqdirdagina uning sotilishini ko'rib chiqishga rozi bo'ladi.

Hozirgi vaqtda fransiyalik futbolchi jarohatidan tiklanmoqda: «Real»ga qarshi o'yinda u son mushagining birinchi darajali jarohatini olgan edi.

Manu Kone «Roma»dagi faoliyati va yozgi transfer mish-mishlari haqida gapirdi

Manu Kone «Roma»dagi faoliyati va yozgi transfer mish-mishlari haqida gapirdi

«Roma» yarim himoyachisi Manu Kone yozgi transfer oynasi vaqtida o'zi haqida tarqalgan mish-mishlarga izoh berdi.

Fransiya terma jamoasi yig'inida bo'lib turgan va juma kuni Millatlar ligasi doirasida Italiyaga qarshi o'yin oldidan «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone yozgi transfer oynasi vaqtida o'zi haqida tarqalgan mish-mishlarga izoh berdi.

U bu gap-so'zlarda haqiqatdan ham jon borligini tan oldi, biroq ayni damda bor e'tiborini to'liq «Roma» safidagi o'yinlarga qaratganini yana bir bor ta'kidladi.

O'ng ustun yangiliklari

Manu Kone Mayk Menyan haqida fikr bildirdi

Manu Kone Mayk Menyan haqida fikr bildirdi

«Roma» yarim himoyachisi Manu Kone «Milan» va Fransiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyan haqida iliq fikrlar bildirdi.

Mayk Menyan nafaqat «Milan», balki Fransiya terma jamoasining ham yetakchisi!

«Rossoneri» sardori Fransiya terma jamoasi kiyinish xonasida ham katta hurmatga ega. Buni «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone tasdiqladi 👇

«Bu ajoyib darvozabon, «Milan» sardori. Italiyada unga qarshi gol urish qiyin — u juda ko'p joyni egallaydi. O'z ovozi bilan u «Milan» yetakchisi hisoblanadi, qolaversa, u jamoada ajoyib sherik.

Men uning milliy terma jamoada borligidan juda xursandman. Biz u bilan faxrlanamiz».

Ayniqsa, sardorimiz haqida hatto boshqa klub o'yinchisidan ham bunday so'zlarni eshitish yoqimli.