Bryan Cristante ertaga maydonga tushadigan futbolchilar orasida «Roma»ning «Old Trafford»dagi so'nggi o'yinida ishtirok etgan yagona o'yinchi bo'ladi — o'sha Yevropa Ligasi yarim finalining birinchi bahsida rimliklar «Manchester Yunayted»ga imkoniyatni boy berishgandi.
Yarim himoyachi bo'lajak uchrashuvga a'lo formada yaqinlashmoqda, u «Udine»dagi o'yinda gol urib, porladi. Gasperini hamon uni almashtirib bo'lmas o'yinchi deb hisoblaydi. Ertaga Cristante katta ehtimol bilan maydon markazida o'yinni boshqaradi, sheriklari sifatida De Ron va biroz oldinroqda Pisilli harakat qilishi kutilmoqda.
Il Tempo xabariga ko'ra, Dibala va Kone o'yinga qadar tiklanishga ulgurmaydi — ularning qaytishi «Sassuolo»ga qarshi bahsga mo'ljallangan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!