«Manchester Yunayted» va «Roma» o'rtasidagi Chempionlar ligasi o'yini uchun hakamlar brigadasi tayinlandi.
Seshanba oqshomida bo'lib o'tadigan bahsni ispaniyalik Xesus Xil Mansano boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Ayuso va Barbero yordam berishadi, to'rtinchi hakam vazifasini esa Munuera bajaradi. VAR tizimida Del Serro Grande ishlaydi, uning yordamchisi (AVAR) sifatida Fernandes faoliyat olib boradi.
Xil Mansano joriy mavsum Chempionlar ligasida «Roma»ning «Fenerbaxche»ga qarshi o'yinini boshqargan va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. O'sha bahsda hakam oltita sariq kartochka ko'rsatgan, uning ishi esa ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'lgandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!