#David Ornstein — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

APL klublari Manchester City'ga qarshi sudga murojaat qilishi mumkin

APL klublari Manchester City'ga qarshi sudga murojaat qilishi mumkin

APL klublari Manchester City'ga qarshi sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Da'vo summasi har bir klub uchun 200 million funt sterlingga yetishi mumkin.

APL klublari allaqachon Manchester City'ni bo'laklarga bo'lib tashlashga va ulardan oxirgi tangasigacha tortib olishga tayyor.

🗣️ Devid Ornshteyn:

«Bir muncha vaqt oldin Arsenal, Manchester United, Tottenham va Liverpool Manchester City'ga qarshi sudga shikoyat qilish huquqini saqlab qolgan edi. Da'volarning potensial hajmi har bir klub uchun taxminan 200 million funt sterlingni tashkil qilishi mumkin.

Endi gap faqat katta klublar haqida ketmayapti. Boshqa jamoalar ham qadam tashlashni boshlashdi, ba'zilari esa allaqachon yuristlarni yollab ulgurdi.

Klublar o'rtasida Manchester City'ga qarshi jamoaviy da'vo qo'zg'atish imkoniyati ham muhokama qilinmoqda».

Bruno Fernandes va Manchester United o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi

Bruno Fernandes va Manchester United o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi

Devid Ornsteyn xabariga ko'ra, Bruno Fernandesh va Manchester Yunayted o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan.

🗣️ Devid Ornsteyn:

«Bruno Fernandesh va «Manchester Yunayted» o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar davom etmoqda, biroq sezilarli siljish yo'q — tomonlar kelishuvga erisha olmay, boshi berk ko'chaga kirib qolishdi.

Shu bilan birga, klubda amaldagi shartnomani bir tomonlama tartibda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud».

Chempionlar ligasi debyutantlari uchun yangi yondashuv

Chempionlar ligasi debyutantlari uchun yangi yondashuv

Chempionlar ligasi debyutantlari yangi mavsumda yenglarida maxsus patch bilan maydonga tushishadi. Bu UEFA va Fanatics o'rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshiriladi.

David Ornstein, The Athletic:

Bu mavsumda Chempionlar ligasi debyutantlari maydonga yengida maxsus debyut patchi bilan tushishadi. Bu UEFAning Fanatics bilan imzolangan yangi olti yillik shartnomasining bir qismidir.

Keyinchalik bu patch o'yinchi dastxati tushirilgan Topps kolleksion kartochkasiga joylashtiriladi. NBAda ham xuddi shunday tizim ishlaydi – kelasi hafta u yerda shunday kartochkani taxminan 5 million dollarga kimoshdi savdosiga qo'yish rejalashtirilgan.

O'ng ustun yangiliklari

Devid Ornsteyn «Tottenxem»ning qishki transfer rejalari haqida fikr bildirdi

Devid Ornsteyn «Tottenxem»ning qishki transfer rejalari haqida fikr bildirdi

Devid Ornsteyn «Tottenxem»ning qishki transfer oynasidagi imkoniyatlari va tarkibdagi o'zgarishlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Devid Ornsteyn «Tottenxem» va qishki transfer oynasi haqida:

«Ko'rinishidan, ular tarkibni yanada kuchaytirishni istashmoqda. Bu yanvarda sodir bo'ladimi... Bu vaqtda bozor unchalik yaxshi emas. Bir yil avval, Deniel Levi ketganidan so'ng, faqat Konor Gallaxer keldi, Brennan Jonson esa ketdi — uning o'rnini to'ldirishmadi.

Odatda yanvar transfer oynasi unchalik faol bo'lmaydi. Men aniq rejalar haqida bilmayman. Yozda ular ko'p ish qilishdi, ehtimol, tarkibni yana kelasi yozda to'liq shakllantirishadi.

Qolaversa, muhim jihat — jarohat olganlar qaytmoqda: Kulusevski, Odober. Kudus va Meddison yaqinda qaytishdi. Tarkibda joy kam. Shunday ekan, agar kimdir kelsa, kimdir ketishiga to'g'ri keladi».

David Ornstein: «Arsenal» hujum chizig'ini kuchaytira olmaganidan xavotirlar bor

David Ornstein: «Arsenal» hujum chizig'ini kuchaytira olmaganidan xavotirlar bor

David Ornstein «Arsenal»ning yozgi transfer oynasidagi faoliyati va hujum chizig'idagi muammolar haqida fikr bildirdi.

David Ornstein:

«Arsenal» hujumchi sotib olmaganidan afsuslanadimi? Bilmayman. Klub transfer bozoridagi ishidan juda mamnun va muhim pozitsiyalarni kuchaytirdi deb hisoblaydi: yarim himoyani Bruno Gimaraish, himoyani Ezri Konsa va hujumning chap qanotini Tsolis hisobiga kuchaytirdi.

Ular kimnidir sotishlari kerakligini tushunishgan, ayniqsa klub so'nggi yillarda o'yinchilarni sotish bo'yicha unchalik yaxshi ishlamaganini hisobga olsak. Shu sababli, Martinellining ketishini ular yaxshi bitim deb bilishadi. Ayniqsa, o'tgan mavsumda u Premer-ligada bor-yo'g'i bitta gol urganini hisobga olsak, garchi umuman olganda, mening nazarimda, Martinelli «Arsenal»da ajoyib o'yin ko'rsatgan bo'lsa ham.

Ammo Trossard ham ketdi, Nvaneri ijaraga yo'l oldi, Gabriel Jezus ham klubni tark etdi. Shuning uchun muxlislarning «Arsenal» eng ko'p kuchaytirish kerak deb hisoblagan zonasini — hujum chizig'ini kuchaytirmaganidan xavotirda ekanligini tushunaman.

«Arsenal» Morgan Rojers, Vinisius Junior va Xulian Alvaresni sotib olishga urindi, ammo bu transferlarning hech birini amalga oshirishning imkoni bo'lmadi. Boshqa tomondan, ularda Kay Haverts tayyor bo'ladi, bu o'tgan mavsumning xuddi shu bosqichida yo'q edi. Martin Edegor bor va klub u butun mavsum davomida sog'lom va safda qolishiga umid qiladi. Bundan tashqari, qaytayotgan boshqa o'yinchilar hamda Viktor Dyokeres bor.

Zarurat tug'ilsa, «Arsenal» yanvar oyida moliyaviy imkoniyatlarining bir qismini saqlab qolgan holda yana bozorga chiqishi mumkin. Shu bilan birga, klub allaqachon UEFA va Premer-liganing moliyaviy qoidalari limitlariga yaqin turibdi, shuning uchun ular ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlari kerak. Nazarimda, «Arsenal»ning pozitsiyasi shundan iboratki, xato qilib pul sarflagandan ko'ra, umuman sarflamagan ma'qul». 📰

Devid Ornshteyn: «Manchester Yunayted» moliyaviy barqarorlikka intilmoqda

Devid Ornshteyn: «Manchester Yunayted» moliyaviy barqarorlikka intilmoqda

Devid Ornshteyn «Manchester Yunayted»ning transfer siyosati va ser Jim Retkliff davridagi moliyaviy model haqida fikr bildirdi.

🗣️ Devid Ornshteyn «Manchester Yunayted»ning yozgi transfer oynasidagi holati haqida:

Ularda cheksiz mablag' yo'q. Ular o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib ish ko'rishga majbur. Ser Jim Retkliff qo'l ostida klub barqarorroq modelga intilmoqda.