The Friedkin Group (TFG) "Everton" futbol klubiga sarmoya kiritishning yangi variantlarini, jumladan, nazorat paketini sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. TFG "Everton" boshqaruvini qo'lga olganida, klub ham maydonda, ham undan tashqarida jiddiy moliyaviy noaniqlik va qiyinchiliklarga duch kelgan edi.
Birinchi navbatdagi vazifa klub kelajagini kafolatlash uchun zarur bo'lgan barqarorlik, sarmoya va yordamni ta'minlash, shuningdek, muxlislarga uzoq vaqt oldin va'da qilingan stadion qurilishini yakunlashga ko'maklashish edi. Endilikda, poydevor mustahkam qo'yilgan ekan, "Everton" tarixidagi navbatdagi bob haqida o'ylash uchun ayni muddao. Biz faqat klubni kelajakka yetaklay oladigan va erishilgan ijobiy natijalarni rivojlantira oladigan tomonlarning takliflarini ko'rib chiqamiz.
Ushbu jarayon davomida TFG maqsadi o'zgarishsiz qoladi. Biz klubning maydondagi muvaffaqiyatlari uchun har tomonlama yordam beramiz va klub faoliyat yuritayotgan mahalliy jamoalar rivojiga hissa qo'shishda davom etamiz. TFG va klub ushbu jarayon davom etar ekan, qo'shimcha izoh bermaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!