#Roberto De Dzerbi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Roberto De Zerbi: "Tottenxem" uchun "Lids"ga qarshi o'yin katta sinov bo'ladi"

Roberto De Zerbi: "Tottenxem" uchun "Lids"ga qarshi o'yin katta sinov bo'ladi"

Roberto De Zerbi "Tottenxem"ning "Lids"ga qarshi o'yini, jamoaviy o'sish va mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Roberto De Zerbi "Tottenxem"ning mavsumdagi maqsadlari haqida:

"Asosiysi hozir — "Lids". Juda qiyin o'yin. APLdagi eng qiyin stadionlardan biri, muxlislar esa o'zgacha atmosfera yaratishadi.
"Mavsum boshini va o'tgan mavsumni unutmaslik kerak".

Yevrokuboklarga qaytish haqida:

"Maqsadlarimiz ko'p, ammo chalg'imaslik kerak — o'yindan o'yinga qarab boryapmiz. Hozircha diqqatni jamlashni o'zgartiradigan darajada yaxshi emasmiz.
Biz o'zgacha narsa quryapmiz: kiyinish xonasidagi muhit, aniq o'yin uslubi. Futbolchilar mavsum boshiga qaraganda ancha yaxshi o'ynashyapti, lekin biz bor-yo'g'i uch hafta oldin boshlagandik".

70 yoshida murabbiylik qilishi haqida:

"Bilmayman. Menimcha, agar futbolni sevsangiz, bu dunyodagi eng yaxshi ish.
Murabbiylik ishidan, ya'ni futbolchilarni boshqarishdan olinadigan hissiyotlarga hech narsa teng kela olmaydi, lekin bu juda og'ir".

"Tottenxem"dagi o'sish haqida:

"Biz — jamoamiz. Kuchli jamoa. "Yunayted"ga qadar yaxshi o'ynagandik, lekin jamoa sifatida emas. Futbolda bu eng muhimi.
Endi biz jamoa kabi o'ylayapmiz, jamoa kabi o'ynayapmiz, maydonda bir-birimizga yordam beryapmiz. Futbolchilarning sifati endi maydonda namoyon bo'lmoqda.
Kayfiyat va yondashuv o'zgardi. Men bunga natijalardan ko'ra ko'proq xursandman".

"Lids"ga qarshi o'yin qiyinchiligi haqida:

"Lids"ning intensivligi yuqori, ayniqsa uyda. Ularning aniq o'yin uslubi bor. Kamdan-kam jamoalar besh nafar himoyachi bilan himoyalanib, hujumni to'rt nafar bilan quradi, ayniqsa o'ng qanotda.
Ammo bizda yaxshi o'yin o'tkazish uchun kerakli sifatlar bor. Maqsadimiz — yaxshi o'ynash va kerakli natijaga erishish".

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan keyingi burilish nuqtasi haqida:

"O'ylashimcha, "Yunayted"ga qarshi o'yindan bir kun oldin bizda uchrashuv bo'lgandi — faqat futbolchilar va murabbiylar, xuddi oila kabi.
Futbolchilar samimiy bo'lishdi: biz muammolarni va bu mavsumni qanday o'zgartirish kerakligini muhokama qildik".

Roberto De Zerbi "Lids"ga qarshi o'yin oldidan:

"O'yin va xulq-atvorimdan mamnunman. O'ylashimcha, barcha jihatlarda ko'p narsani yaxshilashimiz mumkin, ammo biz uzoq vaqt davomida "Tottenxem" darajasiga mos kela olishimizni isbotlashimiz kerak.
Ertaga katta sinov, xuddi uyda "Pelas"ga qarshi bo'lgani kabi. Ertaga yana bir sinov. Boshqacha, chunki atmosfera og'ir.
Bu atmosferadan zavqlanish kerak. Kelishni intiqlik bilan kutyapmiz".

O'ng ustun yangiliklari

De Zerbi: «Archie Gray yaxshi o'ynadi, lekin xavfni kamaytirish uchun uni almashtirdim»

De Zerbi: «Archie Gray yaxshi o'ynadi, lekin xavfni kamaytirish uchun uni almashtirdim»

Roberto De Zerbi Archie Grayning almashtirilishi va jamoaning o'sishi haqida fikr bildirdi.

🎤De Zerbi Luka Uilyams-Barnett haqida:

«Men bu uning Premer-ligadagi debyuti uchun munosib vaqt deb hisobladim. U juda iqtidorli. U hali juda yosh, ammo katta iste'dod egasi».

🎤De Zerbi Archie Grayning tanaffusda almashtirilishi haqida:

«Men xavfga qo'l urishni istamadim — birdan ikkinchi sariq kartochka bo'lib qolsa-chi. Afsus, u yaxshi o'ynayotgan edi, men buni unga tushuntirdim».

De Zerbi o'z o'yinchilari raqib jarima maydonchasi yaqinida qat'iyatliroq bo'lishlarini istashini aytib o'tdi.

🎤De Zerbi:

«Bugun jamoa yetuklik ko'rsatdi — bu eng yaxshi jihat edi. O'yinchilar to'p bilan nima qilishni bilishardi va hatto ko'pchilik bo'lib o'ynaganda ham xavfga yo'l qo'yishmadi. Biz prinsiplar va o'yin sifati bo'yicha o'syapmiz. Balki, biz hozircha bunday past blokli himoyaga qarshi o'ynashga tayyor emasmiz, ammo, ehtimol, ikki-uch oydan keyin tayyor bo'lamiz».
Morgan Gibbs-White «Tottenxem»ning nishonida bo'lishi mumkin

Morgan Gibbs-White «Tottenxem»ning nishonida bo'lishi mumkin

«Tottenxem»ning sobiq skauti Mayk Braun klubning Morgan Gibbs-Uaytga bo'lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.

«Tottenxem»ning sobiq skauti Mayk Braun:

«Agar Morgan Gibbs-Uayt «Nottingem Forest»ni tark etishga qaror qilsa, «Tottenxem» uning transferiga eng ko'p qiziqish bildiradigan klublar qatorida bo'ladi.
De Dzerbi yana bir yarimhimoyachini tarkibga qo'shib olmoqchi, ayniqsa Medisonning jismoniy holati bilan bog'liq muammolar davom etsa».