Roberto De Zerbi Luka Uilyams-Barnettning rivojlanishi haqida:
Unga shunchaki zavq olish va tajribali o'yinchilar — Robertson, Meddison, Ben Devisdan o'rganish kerak.
Maydonda unga vaqt ajratish — mening vazifam. Luka kabi yosh va iqtidorli yigit bo'lganda, javobgarlik ko'proq mening zimmamda bo'ladi.
U maydonga tushganida tayyor bo'lishi kerak. O'ylaymanki, hammasi natijaga bog'liq.
Roberto De Zerbi «Chelsi»ga qarshi o'yinda Luka Uilyams-Barnettni asosiy tarkibda tushirishni o'ylaganini aytib o'tdi:
U dastlabki daqiqalardan o'ynay oladi — «Chelsi» bilan o'yin oldidan uni asosiy tarkibga qo'ymoqchi edim. Ammo yakunda u uchun mos lahzani tanlash kerak.
Luka Uilyams-Barnettning yoshi va sifatlari haqida:
Meningcha, yosh unchalik muhim emas.
Agar yosh bo'lsang — murabbiy senga imkoniyat berishi kerak. Agar tajribali bo'lsang — yosh umuman rol o'ynamaydi.
Asosiysi — sifat, xarakter, kayfiyat, maydondagi xulq. Lukada bularning barchasi bor.
Luka Uilyams-Barnettning iqtidorini qanday payqagani haqida:
Buni mavsumoldi tayyorgarlikdayoq ko'rish mumkin edi. Alohida iqtidor egasini darhol payqaysan. Unga hech narsani isbotlash shart emas.
U qilayotgan barcha ishni tushunasan — u shunday alohida iqtidorlardan biri.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!