Roberto De Zerbi Deyan Kulusevskining tiklanishi va yosh iqtidorlar Luka Uilyams-Barnett hamda Malachi Xardining kelajagi haqida gapirdi.
De Zerbi Deyan Kulusevskining mashg'ulotlarga qaytishi haqidagi savolga javob berdi:
Biz Deki yuklamalarini eng yaxshi tarzda nazorat qilishimiz kerak, ammo bu biz uchun ajoyib yangilik, chunki u yaxshi o'yinchi va yaxshi inson. U yana o'ynashga loyiq. Biz kunma-kun ishlashimiz kerak. Deki uchun bu xalqaro tanaffus ham juda muhim, chunki u optimal formaga kirib, jarohatidan to'liq tiklangach, u jamoa uchun xuddi yangi xariddek bo'ladi.
Luka Uilyams-Barnett haqida:
Men uni haqiqatan ham yuqori baholayman — u yaxshi o'yinchi va top-o'yinchi bo'lishi mumkin. Biz ham u, ham jamoa uchun qachon yaxshiroq bo'lishini tushunib olishimiz kerak. Yosh o'yinchilar bilan ishlash qiyinroq, ayniqsa ularda yaxshi salohiyat bo'lsa. Ularni yomon sharoitga qo'yib bo'lmaydi, lekin ularni unutib ham bo'lmaydi. Men Luka haqida ham, Malachi Xardi haqida ham unutganim yo'q, shunchaki to'g'ri lahzani ushlash kerak.