🎤 De Zerbi matbuot anjumanida Savio haqida:
«Men Savio tufayli juda g'azabdaman — u biz uchun asosiy o'yinchi. Bu o'sha jarohat. Bugun sodir bo'lgan eng yomon narsa shu».
🎤 De Zerbi Udoji haqida:
«Jarohatdan so'ng Destini juda yaxshi o'ynadi. Biz bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz mumkin, ancha yaxshiroq, lekin men xursandman».
🎤 De Zerbi Senesi haqida:
«Marko Senesi — juda yaxshi o'yinchi. Uning omadi kelmadi: van de Ven va van Xekke bor, lekin uning darajasi — top».
🎤 De Zerbi Solanke haqida:
«Dom Solanke oxirgi o'yinlarga qaraganda ancha yaxshiroq o'ynadi».
🎤 De Zerbi Gallaxer haqida:
«Konor haqida ko'plab yaxshi yangiliklar bor. Men Konorni yaxshi ko'raman. Uning ishtirokisiz o'ynash ham menga, ham shtabga qiyin — biz uni xarakteri, xulqi va inson sifatidagi fazilatlari uchun yaxshi ko'ramiz».
🎤 De Zerbi Senesi va rotatsiya haqida:
«Mening omadim juda chopdi, chunki bizning jamoa — bu shunchaki 11 ta juda yaxshi o'yinchi emas. Bizda 20 tadan ortiq juda yaxshi o'yinchi bor. Men oxirgi o'yinga nisbatan oltita o'yinchini almashtirdim, lekin bu sovg'a qilish uchun emas, balki ular o'ynashga loyiq bo'lgani uchun. Tez orada Premyer-liganing eng qiyin davri boshlanishi mumkin va biz ko'plab o'yinchilarni almashtirishga tayyor bo'lishimiz kerak — bizga har biridan energiya, motivatsiya va hissa kerak».
🎤 De Zerbi Uilyams-Barnett avtobusda Ronaldinyo, Azar va Neymar o'yinlarini tomosha qilgani haqida:
«Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi narsalardan biri edi, buni bugun bazadan stadionga ketayotgan avtobusda ko'rdim. U menga juda yaqin o'tirgandi. Stadionga ketayotganimizda, u YouTube orqali Ronaldinyo, Azar va Neymar o'yinlarini tomosha qilayotgan edi. Men o'yladim: u o'zgacha yigit. Premyer-ligadagi debyutiga bir-yarim soat qolganida — va u Ronaldinyo, Azar, Neymar, mana shunday darajadagi barcha iqtidorlarni tomosha qilmoqda. Futbol — bu sehr, shunday emasmi? Gap faqat mahoratda emas, balki ishtiyoqda ham. Aynan shunday qilib, men aytgan barcha narsalarni hisobga olgan holda, futbol qanday bo'lishi mumkinligini tushunib yetasan».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!