#Sandro Tonali — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Yozgi transferlar: 100 million yevrodan qimmat bitimlar yangi normaga aylandi

Yozgi transferlar: 100 million yevrodan qimmat bitimlar yangi normaga aylandi

Yozgi transfer oynasida 100 million yevrodan qimmat bitimlar soni rekord darajaga yetdi. APL futbol bozoridagi narxlar o'sishining asosiy drayveriga aylandi.

100 million yevrodan ortiq transferlar futbolning yangi normasiga aylanib bormoqda.

Asosiy faktlar:

Enso Fernandes «Manchester Siti»ga 145 million yevro evaziga, Morgan Rojers «Chelsi»ga 138 million yevro evaziga, Elliot Anderson «Manchester Siti»ga 135 million yevro evaziga, Bredli Barkolya «Liverpul»ga 125 million yevro evaziga, Yan Diomande «Real»ga 125 million yevro evaziga, Sandro Tonali «Tottenxem»ga 108 million yevro evaziga o'tdi. Bir yozda 100 million yevrodan qimmat oltita transfer amalga oshirilishi – bir mavsum uchun rekord.

Tarixda bunday transferlar jami 25 tani tashkil etadi, ularning uchdan bir qismi so'nggi ikki mavsumda, qariyb yarmi esa to'rt yil ichida yopilgan. Demak, bu anomaliya emas, balki yangi futbol realligidir.

100 million yevrodan qimmat transferlarning 14 tasi APL klublari tomonidan amalga oshirilgan. Bu mavsumda esa mutanosiblik yanada xavotirli: eng yirik oltita transferning beshtasi APL hissasiga to'g'ri keladi. Bu ingliz blokiga faqat «Real» «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande transferi bilan qo'shila oldi. Umuman olganda, APL top-o'yinchilar narxining o'sishida asosiy drayverga aylandi.

O'tgan yozgi transfer oynasida ham APLning umumiy transfer xarajatlari (4,1 milliard yevro), ham bitta o'tishning o'rtacha qiymati (24,4 million yevro) bo'yicha rekordlar yangilandi.

Bu yozda APL klubi o'rtacha 205 million yevro, A Seriya – 54,2 million yevro, Bundesliga – 42,5 million yevro, La Liga – 37,5 million yevro, Liga 1 – 33,3 million yevro sarfladi.

2006 yildan buyon APLda bitta transferning o'rtacha qiymati 6,6 barobarga (556 foizga) o'sdi – 3,72 million yevrodan 24,41 million yevrogacha.

Shu bilan birga, Buyuk Britaniyada xuddi shu davr mobaynida umumiy iste'mol inflyatsiyasi 88 foizni tashkil etdi – ya'ni oddiy tovarlar va xizmatlar narxi ikki barobardan kamroqqa qimmatlashgan. Boshqacha aytganda, APL transfer bozori oddiy iqtisodiyotga qaraganda uch yarim barobardan ko'proq tezroq o'smoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Roberto De Zerbi: «Liverpul»ga qarshi o'yin — ajoyib sinov»

Roberto De Zerbi: «Liverpul»ga qarshi o'yin — ajoyib sinov»

Roberto De Zerbi «Liverpul»ga qarshi o'yin, tarkibdagi raqobat hamda yosh iqtidorlar haqida fikr bildirdi.

🎤Roberto De Zerbi «Liverpul» bilan qur'a haqida:

Ajoyib. Bu juda zo'r o'yin bo'ladi. Agar biz turnirda g'olib chiqmoqchi bo'lsak, bunday o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak. Ba'zida musobaqalarda shunday bo'ladiki, eng kuchli jamoalar bilan dastlabki bosqichlardayoq to'qnash kelasan.
Bu futbolchilar, men va klub uchun ajoyib sinov. Biz bu o'yinga o'z futbolimizni ko'rsatishga tayyor holda va o'z kuchimizga to'liq ishongan holda chiqishimiz kerak.

🎤Roberto De Zerbi Mateush Fernandesdan hayratda va Rodrigo Bentankurning bugungi o'yinini maqtadi:

Mateush Fernandes — yana bir iqtidor, katta iqtidor. Biz omadlimiz, chunki u ikki pozitsiyada o'ynay oladi: tayanch yarim himoyachisi yoki o'nlik.
U sifat, dinamika olib kiradi va maydonda kurashadi. O'tgan mavsumda u to'pni olib qo'yish bo'yicha eng yaxshi o'yinchilardan biri edi.
Bugun, menimcha, Rodrigo Bentankur juda yaxshi o'ynadi va u biz uchun juda muhim bo'ladi.
U mavsumni boshqalardan kechroq boshladi, lekin formaga kirganida, u butunlay boshqacha o'yinchi. U o'yinni juda yaxshi tushunadi.

🎤De Zerbi Savio haqida:

U uchun bu ideal kun. Menimcha, uning asosiy qadami va o'sishi — gollar sonini oshirish, chunki o'z sifatlari evaziga u eng yaxshi vingerlardan biri. Ammo eng yaxshi vingerlar ko'p gol urishadi.
Men u bilan gaplashdim. Biz 10–12 ta gol urish maqsadini qo'ydik, chunki vingerlardan shuncha gol kutamiz. O'tgan mavsumda biz bundan juda qiynaldik. Gollar soni biz egallagan o'rindan yuqoriroqqa chiqishimiz uchun yetarli emas edi.

🎤Sandro Tonaliga dam berish rejalashtirilganmidi?

Sandro rejada bor edi — kecha u jismoniy holatini yaxshilash uchun Marko Senesi bilan juda intensiv ishladi. Sandroga jismonan o'zini yaxshiroq his qilishi uchun ishlash kerak, ammo shanba kuni u asosiy tarkibda maydonga tushadi.

🎤Roberto De Zerbi:

Ha, bizga gollar kerak, biz golli vaziyatlar yaratishimiz kerak. Top-klub bo'lish uchun bizga ko'p narsa kerak, shulardan biri — gol urish. Biz maydonning so'nggi 30 metrida hujumda kuchliroq bo'lishimiz kerak. Biz gol urishimiz, darvozaga zarba berishimiz va kombinatsiyalar qilishimiz shart. Bizda juda yaxshi o'yinchilar ko'p va ularning oldida katta maqsad turishi kerak — gol urish va gollar sonini oshirish.
Maydonning har bir pozitsiyasida raqobat bo'ladi va men ko'proq gol uradigan hamda ko'proq vaziyat yarata oladigan o'yinchilarni maydonga tushiraman.

🎤Roberto De Zerbi Miki Murning qolishini istashini, ammo unga o'yin amaliyoti kerakligini tan oldi:

U biz uchun muhim, chunki u akademiyamiz tarbiyalanuvchisi va hozir biz u uchun ham, biz uchun ham eng yaxshi qaror qaysi ekanligini tushunib olishimiz kerak. Men uni olib qolishni istardim, chunki u yosh, lekin yaxshi o'yinchi.
Ammo biz noto'g'ri qaror qabul qila olmaymiz, chunki unga har qanday holatda o'ynash va o'yin amaliyotini to'plash kerak.
Yohan Lange va Vinai bilan birgalikda biz eng yaxshi yechimni topishimiz kerak.