Adam Uorton Angliya fuqaroligiga ega bo'lgan va Millatlar ligasiga chaqirilmagan eng qimmatbaho futbolchi hisoblanadi.
Adam Uorton Angliya fuqaroligiga ega bo'lgan va Millatlar ligasining sentyabr hamda oktyabr oylaridagi o'yinlariga chaqirilmagan eng qimmatbaho futbolchi (70 million yevro) hisoblanadi. ❌
Tomas Tuxel shunchaki yigitlarimizni e'tiborsiz qoldirmoqda… 😕
The Guardian xabariga ko'ra, «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uorton kelasi yozda transfer bozoriga chiqishi mumkin.
The Guardian xabariga ko'ra, «Chelsi» va «Manchester Siti» Adam Uortonga faol qiziqish bildirgan, ammo «Kristal Pelas» futbolchi bo'yicha har qanday muzokaralarni rad etib kelgan.
Shu bilan birga, klub kelasi yozda Uortonni sotishga tayyor bo'ladi.
«Manchester Siti» Adam Uortonni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, biroq «Kristal Pelas» rad javobini berdi. Tafsilotlar bilan tanishing.
Adam Uortonning iqtidoriga qiziqayotganlar uchun ma'lumot: The Athletic xabariga ko'ra, «Manchester Siti» «Kristal Pelas»dan yarim himoyachi haqida ma'lumot so'ragan, biroq darhol rad javobini olgan. London klubi yozgi transfer oynasi davomida Uorton bo'yicha hech qanday takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas.
Bu holat kutilgan edi, chunki avvalroq «Pelas» futbolchi uchun Anderson transferi evaziga to'langan mablag'dan kam bo'lmagan narxni kutayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Uortonning shartnomasi 2029-yilga qadar mo'ljallanganini inobatga olsak, kelasi yili ham klub uni arzon narxda qo'yib yubormasligi aniq.
The Guardian nashrining yozishicha, Enzo Fernandes "Manchester Siti"ga o'tib ketsa, "Chelsi" Adam Uorton va Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
The Guardian xabariga ko'ra, agar Enzo Fernandes "Manchester Siti"ga o'tib ketsa, "Chelsi" o'z tarkibiga Adam Uorton va Aleks Skottni qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Jacob Steinberg xabariga ko'ra, Alonso Enso Fernandesga jamoadagi o'rni kafolatlanishini va'da qilishdan bosh tortgan.
Jacob Steinberg xabariga ko'ra, Alonso Enso Fernandesga jamoadagi o'rni kafolatlanishini va'da qilishdan bosh tortgan.
Londonliklar unga o'rinbosar sifatida Aleks Skottni kuzatishmoqda, ammo «Bornmut» futbolchini sotmaslikka qat'iy qaror qilgan. Shuningdek, «Chelsi» Adam Uortonni ham nishonga olgan, biroq «Kristal Pelas» yozda ushbu transferni amalga oshirishdan manfaatdor emas.
Adam Uorton "Kristal Pelas" bilan yevrokubokda zafar quchgani haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎙️ Adam Uorton "Kristal Pelas" safida yevrokubokdagi g'alaba haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:
🗣️ "Agar o'ylab ko'rsangiz, bu shunchaki aqlbovar qilmas holat, ayniqsa klub uchun. Bu haqiqatga to'g'ri kelmaydigandek. Etim jimirlab ketdi – bu juda ajoyib tuyg'u".
Migel Serrano xabariga ko'ra, Joze Mourinyo markaziy yarim himoyaga yangi futbolchi qidirmoqda. Adam Uorton eng mos nomzod sifatida ko'rilmoqda.
🚨 Migel Serrano xabariga ko'ra, Joze Mourinyo shunchaki Chuameni uchun sherik qidirmayapti. Unga ham Chuameni bilan birga o'ynay oladigan, ham taktik qarorlarga qarab uni almashtira oladigan profil tayanch yarim himoyachisi kerak.
Ikki tayanch yarim himoyachisi bilan o'ynash tizimida harakat qila olish qobiliyati Uortonni taktik nuqtai nazardan eng mos variantga aylantiradi.
Ben Jeykobs xabariga ko'ra, "Manchester Siti" transfer oynasi yopilgunga qadar Adam Uortonni tarkibga qo'shib olishi mumkin.
Ben Jeykobs xabariga ko'ra, "Manchester Siti" transfer oynasi yopilgunga qadar Adam Uortonni tarkibga qo'shib olishi mumkin. 😳
"Shaharliklar" yoz davomida "Kristal Pelas" yarim himoyachisi bilan bog'lanishgan va agar Rodri "Barselona"ga o'tishi kutilayotgan transferini amalga oshirsa, muzokaralarga qaytishlari mumkin. 🧐
Avvalroq futbolchining "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, "burgutlar" 22 yoshli o'yinchi bo'yicha hech qanday rasmiy taklif olishmagan. ❌
«Manchester Siti» «Kristal Pelas» futbolchisi Adam Uorton bilan qiziqqan, ammo hozirda klub Ayub Buaddi transferi ustida ishlamoqda.
Transfer oynasi ochilishidan avval «Manchester Siti» «Kristal Pelas» futbolchisi Adam Uorton haqida ma'lumot so'ragan. Hozirda klub Ayub Buaddi transferiga e'tibor qaratgan — «Lill» bilan muzokaralar oldinga siljigan.
Sky Sports xabariga ko'ra, Adam Uorton bilan Premer-liganing bir qator yetakchi klublari qiziqmoqda, ammo «Kristal Pelas» futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti.
Sky Sports xabariga ko'ra, Adam Uorton bilan Premer-liganing bir qator yetakchi klublari qiziqmoqda, ammo «Kristal Pelas» futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti. 🚫
Angliya terma jamoasi a'zosining klub bilan shartnomasi yana uch yilga mo'ljallangan va uni transfer qilish arzon tushmaydi. 💰
Lion bosh murabbiyi Pyer Saj Ismoil Sarrning jarohati, agenti bilan bog'liq vaziyat va Adam Uortonning «Kristal Pelas»da qolish qarori haqida gapirdi.
Pyer Saj va uning «Fulxem»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazgan matbuot anjumani:
Ismoil Sarr haqida:
«U tiklanib olishi kerak, chunki u jarohat olgan va doim jarohat bilan bo'lgan, u baribir bizning o'yinchi va bu bizni qoniqtiradi».
«U, shubhasiz, buni anglab yetishi kerak, chunki ko'plab o'yinchilar uchun bunday klubda o'ynash — bu orzu».
«Men uning ketishiga ishonmayman, biz Yevropa Ligasida ishtirok etadigan o'yinchilar ro'yxati bo'yicha qaror qabul qilishimiz kerak».
Uning agenti haqida:
«Men bu pozitsiya bilan unchalik rozi emasman, shunchaki aytmoqchimanki, klub va bu yerdagi odamlar hurmatga loyiq, biz klubimiz va o'yinchilarimiz uchun eng yaxshisini tilaymiz».
Adam Uorton haqida:
«Yozda «Kristal Pelas»ga Adam Uorton bo'yicha turli takliflar kelib tushgan, ammo ingliz yarim himoyachisi «Selxerst Park»da qolishni istagan. Murabbiyimiz aniq klublar nomini ayta oladimi degan savolga u shunday javob berdi: «Yo'q. Menimcha, kamida yana bir yil qolish — bu juda oqilona qaror».
Enso Mareska Enso Fernandesning «Chelsi»da qolishiga kafolat bera olmasligini bildirdi. London klubi unga o'rinbosar sifatida Aleks Skott va Adam Uortonni kuzatmoqda.
Enso Mareska Enso Fernandesning «Chelsi»da qolishiga kafolat bera olmasligini aytdi.
Shu boisdan kelib chiqib, London klubi tarkibni kuchaytirish uchun yangi variantlarni ko'rib chiqmoqda. «Ko'klar» Aleks Skottni diqqat bilan kuzatmoqda, biroq «Bornmut» o'z yarimhimoyachisini sotish niyatida emas.
Shuningdek, «Chelsi»ning transfer nishonlaridan biri Adam Uorton hisoblanadi. Biroq «Kristal Pelas» ham yozgi transfer oynasida futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti.
The Sun xabariga ko'ra, Rodri «Barselona»ga o'tib ketganidan so'ng, «Manchester Siti» «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonni nishonga oldi.
The Sun xabariga ko'ra, Rodri «Barselona»ga o'tib ketganidan so'ng, «Manchester Siti» «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Klub transfer oynasi yopilgunga qadar maydon markazini kuchaytirish ustida ishlamoqda.
Pol Skoulz «Manchester Yunayted»ni Adam Uortonni tarkibga qo'shib olishga chaqirdi.
Pol Skoulz «Manchester Yunayted»ning transfer siyosati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Manchester Yunayted» nima uchun Adam Uortonni sotib olishga urinmayotganiga tushunmayapman. Avvalroq birinchi tanlovim Sandro Tonali bo'lishini aytgan edim. Ammo u endi boshqa jamoada ekan, Adam Uorton men uchun ideal variant bo'lib ko'rinmoqda».
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, "Real Madrid" va Joze Mourinyu "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uortonni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Adam Uorton "Real Madrid" rahbariyati va Joze Mourinyu uchun yarim himoyani kuchaytirishda asosiy variant hisoblanadi. Bu transfer jamoa yarim himoyachilaridan biri sotilgan yoki jiddiy jarohat olgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
"Qirollik klubi" 22 yoshli britaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, chunki klubdagilar uni jamoaning amaldagi ko'plab o'yinchilari bilan maydonda birga harakat qila olishiga ishonishadi.
Shu bilan birga, "Kristal Pelas" Uortonni deyarli 120 million yevroga baholamoqda.
Jose Feliks Diasning ma'lum qilishicha, «Real» transfer bozorida faol bo'lib, yangi nomlarni kuzatmoqda, ammo asosiy nishon Bernardo Silva bo'lib turibdi.
⚽️ Jose Feliks Dias xabariga ko'ra, «Real» ham yangi futbolchilarni sotib olishni, ham tarkibni tozalashni rejalashtirmoqda.
Hozirda klub Adam Uorton, Ayyub Buaddi va Kis Smit kabi futbolchilarni kuzatib bormoqda.
Shunga qaramay, ayni damda yarim himoya chizig'ini Bernardo Silva boshqarishi kutilmoqda.
Adam Uorton to'pig'idagi jarohat sababli "Kristal Pelas"ning Komoga safarida ishtirok etmaydi. Klub futbolchining sog'lig'iga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.
Adam Uorton "Kristal Pelas" bilan birga Komoga yo'l olmaydi. Futbolchi to'pig'idagi jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. 🏥
Bobbi Uoter xabariga ko'ra, futbolchining ahvoli yaxshilanmoqda, ammo "burgutlar" ehtiyotkorlik bilan yondashishni ma'qul ko'rishmoqda. ⚠️