Adam Uortonning iqtidoriga qiziqayotganlar uchun ma'lumot: The Athletic xabariga ko'ra, «Manchester Siti» «Kristal Pelas»dan yarim himoyachi haqida ma'lumot so'ragan, biroq darhol rad javobini olgan. London klubi yozgi transfer oynasi davomida Uorton bo'yicha hech qanday takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas.
Bu holat kutilgan edi, chunki avvalroq «Pelas» futbolchi uchun Anderson transferi evaziga to'langan mablag'dan kam bo'lmagan narxni kutayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Uortonning shartnomasi 2029-yilga qadar mo'ljallanganini inobatga olsak, kelasi yili ham klub uni arzon narxda qo'yib yubormasligi aniq.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!