Real Madrid Adam Uortonni nishonga oldi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 9

Real Madrid Adam Uortonni nishonga oldi

Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Adam Uorton "Real Madrid" rahbariyati va Joze Mourinyu uchun yarim himoyani kuchaytirishda asosiy variant hisoblanadi. Bu transfer jamoa yarim himoyachilaridan biri sotilgan yoki jiddiy jarohat olgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.

"Qirollik klubi" 22 yoshli britaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, chunki klubdagilar uni jamoaning amaldagi ko'plab o'yinchilari bilan maydonda birga harakat qila olishiga ishonishadi.

Shu bilan birga, "Kristal Pelas" Uortonni deyarli 120 million yevroga baholamoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!