Jude Bellinghamning mavsum boshidagi ajoyib o'yini bo'yicha jurnalistlar va ekspertlarning fikrlari.
📻 Onda Cero jurnalisti A. Lopes:
Bellinghamning raqib jarima maydonchasiga yorib kirishi uning eng yaxshi o'yin mahorati. U Mourinho qaytganidan so'ng "o'nlik" pozitsiyasida o'ynay boshladi va bu yerda unga ko'p himoyalanishga to'g'ri kelmayapti.
Atletikning sobiq futbolchisi va Onda Cero eksperti Gerrero:
Bellinghamga maydonda erkinlik kerak edi. Mourinho esa Judga aynan shu imkoniyatni taqdim etdi.
📰 Jurnalist B. Fernandes:
Bellingham - mavsum boshida Madridning eng yaxshi futbolchisi.
📻 Radio Marca jurnalisti Varela:
Bellingham - La Ligadagi eng yaxshi futbolchi, u raqobatchilaridan ancha oldinda.
Onda Cero xabariga ko'ra, Joze Mourinyo tarkibni kuchaytirish uchun rahbariyat bilan uchrashadi. Asosiy nishonda Bastoni va Shlotterbek.
🚨 Onda Cero xabariga ko'ra, shanba kuni Joze Mourinyo klub rahbariyati bilan uchrashib, markaziy himoya va yarim himoyani kuchaytirish masalasini muhokama qiladi.
Asosiy ustuvor vazifa — markaziy himoyachi. Nomzodlar ro'yxatida Alessandro Bastoni va Niko Shlotterbek yetakchilik qilmoqda.
Onda Cero jurnalisti Pereyro «Real Madrid» yozgi transfer oynasida yangi yarim himoyachi xarid qilmasligi mumkinligini ma'lum qildi.
Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, «Real Madrid» yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar tarkibga yangi yarim himoyachi qo'shib olishi dargumon.
«O'ylashimcha, «Real Madrid» yozgi transfer oynasi yakuniga qadar yangi yarim himoyachini imzolashi ehtimoldan yiroq», — deydi jurnalist Pereyro.
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, "Real Madrid" va Joze Mourinyu "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uortonni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Adam Uorton "Real Madrid" rahbariyati va Joze Mourinyu uchun yarim himoyani kuchaytirishda asosiy variant hisoblanadi. Bu transfer jamoa yarim himoyachilaridan biri sotilgan yoki jiddiy jarohat olgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
"Qirollik klubi" 22 yoshli britaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, chunki klubdagilar uni jamoaning amaldagi ko'plab o'yinchilari bilan maydonda birga harakat qila olishiga ishonishadi.
Shu bilan birga, "Kristal Pelas" Uortonni deyarli 120 million yevroga baholamoqda.
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, "Real Madrid" yozda Martin Subimendini sotib olishni rejalashtirmayapti.
📻 Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra: "Real Madrid" yozgi transferlar oynasida Martin Subimendini tarkibga qo'shib olishni rejalashtirmayapti.
"Qirollik klubi" ispaniyalik yarim himoyachini yuqori saviyadagi futbolchi deb hisoblasa-da, klubdagilar u "Real" darajasiga mos kelmaydi deb o'ylashmoqda.
Bundan tashqari, "Real Madrid" futbolchi uchun talab qilinayotgan kamida 80 million yevrolik narxdan qoniqmayapti.
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Mourinyu Braim Diaz va Pitarchni kelasi mavsumda "Real" tarkibida olib qolmoqchi.
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Mourinyu kelasi mavsumda ham Braim Diazni, ham "Kastilya" yarim himoyachisi Pitarchni "Real" tarkibida olib qolmoqchi.
Murabbiy 27 yoshli vinger va 19 yoshli yarim himoyachi jamoaga mavsum davomida yordam bera olishiga ishonmoqda.
Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, "Real Madrid" "Barselona" bilan raqobatda Rodrini qo'lga kiritish uchun harakatni kuchaytirdi.
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): "Madrid" "Barselona" poygaga qo'shilganini inobatga olib, Rodri transferi uchun faol harakat qilishga qaror qildi.
Mourinyo "qaymoqranglilar" rahbariyatidan 30 yoshli tayanch yarim himoyachisini sotib olishni qat'iy talab qilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis "Real Madrid" Rodrini qo'ldan chiqarishini istamayapti.
"Madrid" kelasi mavsum uchun Diomandeni "Kastilya" tarkibiga ro'yxatdan o'tkazmoqchi. Klubning maqsadi — Rodri uchun asosiy jamoa qaydnomasidan joy bo'shatish.
Vinisius Junior «Real Madrid»ning yangi shartnoma taklifini rad etdi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Cadena SER xabariga ko'ra, ikki hafta avval «Real Madrid» Vinisiusga 2031-yilga qadar mo'ljallangan, mavsumiga 22 million yevro maosh to'lanadigan yangi shartnoma taklif qilgan. Biroq vinger klubning so'nggi taklifini rad etdi.
Shunga qaramay, «Madrid» taslim bo'lmoqchi emas va bo'lajak uchrashuvda Vinisiusni yangi kelishuvga ko'ndirishga yana bir bor urinib ko'radi.
🚨 Bugungi kun braziliyalik futbolchining kelajagi borasidagi vaziyatda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, Real Madrid yangi futbolchilarni alohida emas, balki bir vaqtning o'zida taqdim etish variantini ko'rib chiqmoqda.
📻 Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra:
"Madrid"da har bir yangi futbolchini avvalgidek muxlislarga alohida tanishtirish kerakmi yoki yo'q, degan savol tug'ilmoqda. Klub ushbu tadbirni o'tkazishning turli variantlarini ko'rib chiqmoqda. Shu sababli, "qaymoqranglilar" barcha yangi o'yinchilarni bir vaqtning o'zida taqdim etishi mumkin.
Mendi "Real Madrid"dan ketishi mumkinligi aytilmoqda. Shuningdek, himoyachi Fransiya terma jamoasiga qaytishi ehtimoli ham bor.
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti):
Mendi ko'pchilik kutganidan ham oldinroq "Real Madrid"ni tark etishi mumkin. Biroq uning klubdan ketishi hali kafolatlanmagan.
📰 L'Équipe:
Mendi jismoniy holatini to'liq tiklab olsa, Fransiya terma jamoasiga qaytishi mumkin. "Uch ranglilar"ning yangi ustozi Zidan 31 yoshli himoyachini juda qadrlaydi va hurmat qiladi.
Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, Espi "Real Madrid"ga o'tishi kutilmoqda. Madrid klubi futbolchi uchun 25 million yevro to'laydi.
📻 Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, Espi "Real Madrid"ga o'tadi. Madrid klubi forvardning "Levante" bilan shartnomasida ko'rsatilgan 25 million yevro miqdoridagi tovon pulini to'lab beradi.
Ispaniyalik taniqli jurnalistlar va ekspertlar Kilian Mbappening "Real Madrid"dagi o'yini hamda uning professional yondashuvi haqida tanqidiy fikrlar bildirishdi.
📻 Esteban (Onda Cero eksperti): "Mbappe qaysi klubda o'ynayotganini tushunmayapti... "Real Madrid" — bu "PSJ" emas. Mbappe professionallik masalasida Ronaldu va Messidan ancha ortda qolmoqda. Qolaversa, u faqat individual sovrinlarga e'tibor qaratgan"
📻 Sierra (Onda Cero jurnalisti): "Mbappe qayerda ekanligini tushunadigan aqlli yigit deb o'ylayman. Ammo muammo shundaki, uning baribir parvoyi palak"
📻 Karreno (Cadena SER jurnalisti): "Mbappe — "Madrid"ning eng yaxshi futbolchisi, ammo bu kiyinish xonasining yetakchisi maqomiga erishishiga hali ancha bor. Mbappe "Madrid"ga faqat gol urish uchun o'tgani tobora oydinlashib bormoqda. Boshqa o'yinchilar uchun o'rnak bo'lish darajasiga yetishiga esa hali uzoq"
📻 Uskiano (Cope jurnalisti): "Madrid" muxlislari Mbappening ham sport, ham maydon tashqarisidagi harakatlaridan norozi. O'tgan mavsumda Mbappe eng muhim o'yinlarda o'zini ko'rsata olmadi"
«Real» muxlislari Vinisius Juniorning o'yinidan norozi. Ispaniyalik jurnalistlar braziliyalik futbolchining formasi va xarakteri haqida fikr bildirishdi.
📰 Marca xabariga ko'ra, «Bernabeu» tribunalarida Vinisiusga nisbatan norozilik kuchaymoqda. Braziliyalik futbolchi o'zining eng yaxshi sport formasidan yiroq va muxlislar sabri tugab borayotganga o'xshaydi. Kecha u to'pni yo'qotgan vaziyatlardan so'ng bir necha bor hushtakbozlik ostida qoldi.
📻 A. Lopes (Onda Cero jurnalisti): «Madrid»ning ko'plab muxlislari Vinisiusga uning Alonso bilan bo'lgan mojarosini hali ham kechira olishmayapti».
M. Torres («Madrid» sobiq himoyachisi): «Vinisiusga «Madrid»da juda ko'p narsaga ruxsat berishdi. Ammo bunda faqat bitta aybdor yo'q».
📻 Erraes (Cadena SER jurnalisti): «Vinisius «Bernabeu»dagi muxlislarning ishonchini qaytadan qozonmoqchi. Ammo «Madrid»ning ko'plab muxlislari uning xarakterini yaxshi bilishadi, shuning uchun u nima qilsa ham, uni hushtakbozlik qilishda davom etishadi».
📻 Lama (Cope jurnalisti): «Vinisiusning muammosi shundaki, u hozir juda yomon formada. Uning maqomi va maoshini hisobga olsak, u «Madrid» muxlislarining talablarini juda yaxshi tushunishi kerak».
Real Madrid yangi futbolchilar taqdimotini yopiq tarzda o'tkazishga qaror qildi. OAV vakillari va muxlislar tadbirga kiritilmayapti.
📰 A. Romero (El Mundo jurnalisti): "RMTV Mourinyuning taqdimotini jonli efirda namoyish etmaydi"
📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti): "Muxlislarga o'z sevimli futbolchilari bilan yaqinroq bo'lish imkoniyati kamdan-kam beriladi. Ulardan biri yangi futbolchilarning taqdimoti edi. Peres esa "Madrid" yangi futbolchilarining taqdimotini yopiq tadbirga aylantirishga qaror qildi: nafaqat matbuot, balki muxlislar ham kiritilmaydi. Ba'zilar, bunday tadbirlarga umuman bormaydigan, bunga befarq va empatiyasi nolga teng bo'lganlar, Florentinoning qarorini "yovuz matbuot" bo'lmasligi bilan oqlashmoqda. Axir bugun tunda El Chiringuito dasturida Mourinyu bilan eksklyuziv intervyu chiqadi-ku!"
📻 Onda Cero radiostansiyasi "Madrid"ning yopiq taqdimotlariga boykot e'lon qildi va shu yo'l bilan bosh murabbiy hamda jamoaning yangi futbolchilariga savol berish imkoniyati yo'qligiga o'z noroziligini bildirdi
Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, Mourinho Pitarchning "Fulxem"ga o'tishiga to'sqinlik qilgan va uni "Real"da olib qolmoqchi.
📻 Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra:
Mourinho shaxsan Pitarchning "Fulxem"ga o'tishini blokladi va futbolchiga uni "Madrid"da saqlab qolish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
Shu sababli, 19 yoshli yarim himoyachi kelgusi mavsumda "qaymoqranglilar"ning asosiy jamoasida muhim rol o'ynaydi. O'ylaymanki, Pitarch yaxshi sport formasida bo'lganida ko'proq amaliyotga ega bo'ladi.
Kanterano jarohatidan tiklangach, avgust oyi oxirida umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi kerak.
📻 Pitarch avgust oyi oxiri yoki sentyabr oyi boshida o'ynashga tayyor bo'ladi.
Real Madrid transfer bozori va jamoaning kelgusi rejalari haqida turli manbalardan olingan ma'lumotlar.
📰 Marca: "Madrid" tarkibni 95 foizga shakllantirib bo'lgan deb hisoblamoqda. Klub transfer oynasi yopilgunga qadar faqat amaldagi futbolchilar sotilsa yoki jiddiy jarohatlar yuz bergandagina bozorga chiqishi mumkin.
📰 AS: Ayni damda "Madrid" yangi yarim himoyachi xarid qilishni rejalashtirmayapti. Marko Asensio ketgan taqdirda, "qaymoqranglilar" uchun yarim himoyachidan ko'ra markaziy himoyachi sotib olish ehtimoli yuqoriroq.
🖥 The Athletic (Kortegana): "Madrid" yangi yarim himoyachi olmoqchi emas. Klub yarim himoyadagi muammolarni hal qilish uchun "Kastilya" futbolchisi Pitarchani ko'rib chiqmoqda.
"Madrid" manbalarining ta'kidlashicha, klub bozorda rad etib bo'lmaydigan darajada ajoyib imkoniyat paydo bo'lgandagina yana bir transferni amalga oshirish masalasini ko'rib chiqadi.
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): "Madrid" Smit, Uorton yoki Buaddiga qiziqish bildirmayapti.
Real Madrid transfer bozori va jamoaning yarim himoyachilari haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Tafsilotlar bilan tanishing.
📰 AS xabariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati hozirgi vaqtda jamoani kuchaytira oladigan yarim himoyachi bozorda mavjudligiga ishonchi komil emas.
«Qirollik klubi» transfer oynasi yopilgunga qadar yangi futbolchi xarid qilish variantini istisno etmayapti, biroq hozircha vaziyatni xotirjam kuzatmoqda. Bundan tashqari, klub Eduardo Kamavinganing kelajagi qanday kechishini kutmoqda.
Qanday bo'lmasin, Madridda jamoaning hozirgi yarim himoyachilari sovrinlar uchun kurashishga qodir deb hisoblashadi.
📻 Onda Cero jurnalisti Pereyro: «Ayni damda Madrid uchun transfer bozori yopiq»
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Mourinyu transfer oynasi yopilgunga qadar chap oyoqda o'ynaydigan markaziy himoyachini tarkibga qo'shib olishni talab qilmoqda.
📻 Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Mourinyu transfer oynasi yopilgunga qadar chap oyoqda o'ynaydigan markaziy himoyachini tarkibga qo'shib olishni talab qilmoqda.
Murabbiyning fikricha, Bastonining transferi unga yanada ishonchli himoya va muvozanatli "Real Madrid"ni shakllantirishga yordam bergan bo'lardi.
Onda Cero xabariga ko'ra, 2027-yilgi Ispaniya Superkubogi Istanbulda o'tkazilishi kutilmoqda. Turnir fevral oyi boshiga rejalashtirilgan.
📻 Onda Cero xabariga ko'ra, Ispaniya Superkubogi-2027 Istanbulda o'tkazilishi kutilmoqda. Turnir fevral oyining boshida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Superkubok yarim finalida «Real Madrid» «Real Sosedad»ga qarshi maydonga tushadi. Turnirning ikkinchi yarim finalida esa «Barselona» «Atletiko» bilan to'qnash keladi.
Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra, Vinisius Junior «Real Madrid» bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytiradi.
📻 Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra:
Vinisius «Madrid» bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytiradi. Saga yakunlandi!
Braziliyalik futbolchi yangi kelishuvga ko'ra klubdan yuqoriroq maosh oladi. Shuningdek, Vinisius o'zining imidj huquqlari bo'yicha kattaroq foizga ega bo'ladi.
Onda Cero jurnalisti Pereyro "Real Madrid"ning yaqin kelajakdagi transfer rejalari haqida gapirdi.
📻 Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra:
"Dastlab "Real Madrid" Diomandeni, undan keyin esa Rodrini o'z safiga qo'shib oladi. 30 yoshli tayanch yarim himoyachisi "qirollik klubi"ga o'tadi. "Madrid"da bu borada umuman shubha yo'q! Shunchaki biroz sabr qilish kerak"
Onda Cero jurnalisti Pereyro Diomande va Rodri yozda «Real Madrid»ga o'tishini tasdiqladi.
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): «Ayrim OAV tarqatgan ma'lumotlarga qaramay, FIFAga Diomandening sobiq agentidan hech qanday shikoyat kelib tushmagan. FIFA umuman olganda bunday masalalarga aralashmaydi, shuningdek, transferlarni kechiktirmaydi yoki barbod qilmaydi.
Shu sababli, ivuarlik futbolchining transferini rasmiylashtirishda «Madrid»da muammolar «Leyptsig» yoki uning hozirgi agentligi Roc Nation bilan bog'liq holda yuzaga kelgan, futbolchining sobiq agenti bilan emas.
Har qanday holatda ham, men aniq ayta olamanki: ham Diomande, ham Rodri yozda «Real Madrid»ga o'tishadi»
Onda Cero xabariga ko'ra, «Real Madrid» Vinisius Juniorning yangi shartnoma bo'yicha moliyaviy talablarini pasaytirmaslik haqidagi ishoralaridan norozi.
Onda Cero xabariga ko'ra, «Real Madrid» Vinisius Juniorning atrofidagilar tomonidan yangi shartnoma bo'yicha moliyaviy talablarni pasaytirmaslik haqidagi ishoralardan norozi bo'ldi. 📻
Klub vinger ta'tildan qaytgunga qadar shartnomani uzaytirish masalasida birmuncha vazminroq pozitsiyani kutgan edi.